Sherali Boboqulov (1984-yil 24-aprelda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Oxirgi bor Tojikistonning „Istaravshan“ jamoasida murabbiylik qilgan.
Futbolchilik faoliyati Sherali Bekobod futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va shaharning asosiy jamoasi „Metallurg“ tarkibida 2003—2007-yillarda faoliyat olib borgan. Futbolchilik faoliyati davomida yarim himoyachi sifatida oʻynagan.
Murabbiylik faoliyati Boboqulov murabbiylik faoliyatini 2012-yil Metallurgning ayollar jamoasida boshlagan. Bekobod ayollar jamoasi murabbiyi sifatida Oʻzbekiston miqiyosidagi barcha turnirlarda gʻolib boʻlgan va Metallurgning oltin yillarida ustozlik qilgan. 2017-yilda uning murabbiylikdagi muvaffaqiyatlari sababli Oʻzbekiston ayollar terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida tayinlangan va 2017—2018-yillarda bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. Sherali boshchiligidagi Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi ilk oʻyinda Gonkong ayollar terma jamoasini 2-1 hisobida magʻlub etgan.
2018-yilgi mavsum boshida Soʻgʻdiyona ayollar jamoasi bosh murabbiyi sifatida tayinlangan. Jizzax klubi bilan ham barch yutuqlar erishgan va Osiyo miqiyosidagi ayollar turnirining gʻarbiy mintaqasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.
2025-yil oktyabr oyida Tojikistonning „Istaravshan“ klubi bilan shartnoma imzolagan va jamoaning bosh murabbiyi etib tayinlangan. 2026-yilgi mavsumdagi muvaffaqiyatsiz natijalaridan soʻng „Istaravshan“ jamoasini tark etgan.
Yutuqlari
Metallurg W Ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston Oliy ligasi gʻolibi: 2017 Ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston Oliy ligasida ikkinchi oʻrin sohibi: 2014, 2015, 2016 Ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston Oliy ligasida uchinchi oʻrin sohibi: 2013, 2018 Ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2014, 2015, 2017 Ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston kubogida ikkinchi oʻrin sohibi: 2016 Ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston Superkubogi gʻolibi: 2016, 2018 Ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston Superkubogi ikkinchi oʻrin sohibi: 2015, 2017
Soʻgʻdiyona W Ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston Oliy ligasi gʻolibi: 2021 Ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston Oliy ligasida uchinchi oʻrin sohibi: 2019, 2020 Ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2021 Ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston kubogida ikkinchi oʻrin sohibi: 2020 Ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston Superkubogi gʻolibi: 2022
Shaxsiy mukofotlar
Ayollar futboli boʻyicha „Oliy Liganing eng yaxshi murabbiyi“: 2021
Manbalar
Havolalar Sherali Boboqulov Transfermarkt saytida Sherali Boboqulov Footballfakts saytida Sherali Boboqulov OʻzPFL saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Metallurg ayollar klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston ayollar milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:Soʻgʻdiyona ayollar klubi murabbiylari Turkum:Istaravshan futbol klubi murabbiylari