Bergüzar Gökçe Korel Ergenç (qizlik familiyasi Korel) — turk aktrisasi.

Faoliyati Korel ilk rolini „Qashqirlar makoni: Iroq“ filmida Laylo obrazi orqali ijro etgan. U „Binbir Gece“ serialida Şehrazat Evliyaoğlu rolini oʻynaganidan soʻng keng eʼtirofga sazovor boʻlgan. U „Muhtasham yuz yil“ serialining bir qismida (24-qism) Monika Teresse sifatida mehmon rolida ishtirok etgan. 2012-yilda mashhur „Karadayı“ serialida Kenan İmirzalıoğlu bilan birga Feride Şadoğlu rolini ijro etdi.

Shaxsiy hayoti Uning oilasi asli Krit turklari va albanlardan kelib chiqqan. U Meʼmor Sinan nomidagi nafis sanʼatlar universitetining teatr boʻlimini tamomlagan. 2009-yil avgust oyida Korel „Binbir Gece“ serialidagi hamkasbi, aktyor Halit Ergençga turmushga chiqqan. 2010-yil fevralda ularning Ali ismli birinchi oʻgʻil farzandi dunyoga keldi. 2020-yil mart oyida Xan ismli ikkinchi oʻgʻli, 2021-yil noyabr oyida esa Leyla ismli qizi tugʻildi.

Manbalar

Havolalar Berguzar Korel TurkishStarsDaily saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Turkiyalik kino aktrisalar Turkum:Turkiyalik televidenie aktrisalar