Jayden Oswin Adams (2001-yil 5-may — 2026-yil 11-iyul) — janubiy afrikalik professional futbolchi, yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati

Stellenbosch

Adams Stellenbosch akademiyasida taʼlim olgan. 2020-yil avgust oyida uzoq muddatli shartnoma imzolagan va klubning professional shartnoma imzolagan birinchi akademiya bitiruvchisiga aylangan. U oʻsha oyning oxirida 28-avgust kuni Chippa United jamoasiga qarshi uy oʻyinida zaxiradan maydonga tushgan.

Mamelodi Sundowns

2025-yil yanvarida Adams „Mamelodi Sundowns“ klubi safiga qoʻshilgan va klubdagi ilk mavsumidayoq Janubiy Afrika Premyer-ligasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. 2026-yil may oyida esa „Mamelodi Sundowns“ CAF Chempionlar ligasi gʻolibiga aylangan.

Terma jamoadagi faoliyati

Adams 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun Janubiy Afrika terma jamoasi tarkibiga kiritildi. U turnir davomida jamoasining guruh bosqichidagi barcha oʻyinlarida ishtirok etgan, biroq 1/8 finalda Kanadaga 0:1 hisobida magʻlub boʻlingan oʻyinda maydonga tushmagan.

Adams xalqaro faoliyati davomida Janubiy Afrika terma jamoasi safida 13 ta oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol urgan.

Shaxsiy hayoti va vafoti

Jayden Oswin Adams 2001-yil 5-mayda tugʻilgan va Janubiy Afrikaning Stellenbosch shahri kambagʻallar yashaydigan hududi boʻlmish Kloetesvillda voyaga yetgan.

Adamsning yaqin doʻsti va sobiq jamoadoshi Oshwin Andries 2023-yilda pichoqlab oʻldirilgan, shundan soʻng Adams oʻzining „Sundowns“ klubidagi medalini Andriesga bagʻishlagan. Uning buvisi Marianna Adams 2026-yil 17-iyun kuni Jahon chempionatining Chexiyaga qarshi oʻyinidan bir kun oldin vafot etgan.

Adams 2026-yil 11-iyulda Keyptaunning Schotsche Kloof hududidagi uyida 25 yoshida oʻlik holda topilgan, oʻlim sabablari oshkor etilmagan. Uning oʻlimini vakillari va vasiysi tasdiqlagan, oila matbuot kotibi Brendine Johnson esa oila nomidan shaxsiy hayot daxlsizligini hurmat qilishlarini soʻragan.

Adams va uning turmush oʻrtogʻi Aqueelah Adendorfning Adams vafot etgan paytda 5 yoshda boʻlgan qizi bor edi.

FIFA 11-iyul kuni futbol boʻyicha 2026-yilgi Jahon chempionatining chorak final bosqichida boʻlib oʻtgan Norvegiya — Angliya va Argentina — Shveysariya uchrashuvlari oldidan Adams xotirasiga bir daqiqa sukut saqladi.

Faoliyat statistikasi

Klub

+ Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaNedbank kubogiKnockout kubogiXalqaroBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarStellenbosch FC2019–20Janubiy Afrika Premyer-ligasi2000———202020–21Janubiy Afrika Premyer-ligasi21010———2202021–22Janubiy Afrika Premyer-ligasi25210———2622022–23Janubiy Afrika Premyer-ligasi2813000—103212023–24Janubiy Afrika Premyer-ligasi2533040—303532024–25Janubiy Afrika Premyer-ligasi8100109141132Jami1097805091811399Mamelodi Sundowns2024–25Janubiy Afrika Premyer-ligasi173310060603242025–26Janubiy Afrika Premyer-ligasi23110009100332Jami404410015160656Umumiy faoliyat statistikasi149111215024214120415

Xalaro + Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollarTerma jamoaYilOʻyinlarGollarJanubiy Afrika202230202420202522202660Umumiy132

Hisob va natijalar birinchi boʻlib Janubiy Afrikaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, hisob ustuni Adamsning har bir golidan keyingi natijani koʻrsatadi.

+ Jayden Adams tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati№SanaStadionRaqibHisobNatijaMusobaqa12025-yil 21-martPeter Mokaba stadioni, Polokwane, Janubiy Afrika2–02–02026 FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi22025-yil 25-martFelix Houphouet Boigny stadioni, Abidjan, Kot-dʼIvuar2–02–02026 FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi

Yutuqlar Stellenbosch FC 2023-yilgi Carling Knockout chempioni

Mamelodi Sundowns CAF Chempionlar ligasi: 2025–26 Janubiy Afrika Premyer-ligasi: 2024–25

Janubiy Afrika Afrika Millatlar Kubogida uchinchi oʻrin: 2023

Manbalar

Havolalar

Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Janubiy Afrikalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Stellenbosch F.C. futbolchilari Turkum:Janubiy Afrika Premier divizioni futbolchilari Turkum:2023-yilgi Afrika Millatlar Kubogi futbolchilari Turkum:21-asrda Janubiy Afrikalik erkak sportchilar Turkum:Mamelodi Sundowns F.C. futbolchilari Turkum:CAF Chempionlar ligasida gʻolib bolgan futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:Janubiy Afrika milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari