Kompozit indeks yoki kompozit koʻrsatkich (qisqacha: c-score deb yuritiladi)) „An interesting approach to address some of these concerns was proposed by John Ioannidis and his colleagues (Ioannidis 2022; Ioannidis et al. 2016, 2019, 2020). They propose to use a composite indicator (called C-score), which is the sum of the standardized six log-transformed citation indicators (NC, H, Hm, NS, NSF, NSFL)“ — olim qaysi ilm-fan sohasida faoliyat koʻrsatishidan qatʼi nazar, uning ilmiy nashrlari sifatini baholaydigan raqamli koʻrsatkich.
Ushbu koʻrsatkich dastlab 2016-yilda Stenford universiteti qoshidagi grek-amerikan metailm tadqiqotchisi John Ioannidis tomonidan taklif etilgan. 2019-yilda unga yanada takomillashtirilgan oʻzgartirishlar kiritildi.
C-score barcha ilmiy tadqiqot sohalarini birlashtiruvchi hamda Scopus maʼlumotlar bazasidagi barcha yoʻnalishlar, hattoki iqtibos keltirish salmogʻi past boʻlgan sohalar boʻyicha ham tadqiqotlarni darajalarga ajratuvchi algoritm yordamida hisoblanadi data until 2019 (career data). Bu usul tadqiqotchilarga har bir ilmiy yoʻnalishni yagona tizim asosida qamrab olgan holda, dunyodagi eng nufuzli olimlarning kuchli 2 foizlik (TOP-2%) roʻyxatini aniqlash imkonini berdi „A recently published list of the world’s top researchers has reinforced UNTʼs reputation as a world-class Tier One research university.“.
Tadqiqotchining c-score koʻrsatkichini belgilovchi parametrlar quyidagilardir: olingan iqtiboslarning umumiy soni; olingan iqtiboslar uchun Xirsh indeksi; olingan iqtiboslar uchun Shrayber hammualliflik hisobga olingan tuzatilgan Hm indeksi; olim yagona muallif boʻlgan maqolalarga berilgan iqtiboslarning umumiy soni; olim yagona yoki birinchi muallif boʻlgan maqolalarga berilgan iqtiboslarning umumiy soni; olim yagona, birinchi yoki oxirgi muallif boʻlgan maqolalarga berilgan iqtiboslarning umumiy soni.
Manbalar
Turkum:Muallif darajasi ko‘rsatkichlari