Mobolaji Adeniyi Adeola FNIA (1960-yil 16-martda tugʻilgan) — Nigeriyalik meʼmor, akademik va Nigeriya Meʼmorlar institutining 30-prezidenti.

Hayoti va taʼlimi Mobolaji 1960-yil 16-martda Londonda akusher va ginekolog Kolawole Olafimihan hamda Violet oilasida tugʻilgan. U 1980-yilda Ahmadu Bello universitetida bakalavr darajasini, 1982-yilda esa meʼmorchilik boʻyicha magistr darajasini olgan.

Faoliyati Mobolaji 1982—1984-yillarda Nigeriyaning Oyo shtatidagi Ibadan politexnika institutida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. U Nigeriya Meʼmorlar institutining 30-milliy prezidenti, institutning Oyo shtati boʻlimidagi ilk ayol prezident va tashkilot tarixidagi ikkinchi ayol milliy prezident hisoblanadi. Shuningdek, u MA and Associates kompaniyasining bosh ijrochi direktori va asosiy hamkoridir. Bundan tashqari, ADSL boshqaruvi aʼzosi va Architects Build Nigeria jamoasi aʼzosiham.

Manbalar

Turkum:Nigeriyalik ayol meʼmorlar Turkum:1960-yilda tugʻilganlar Turkum:Tirik insonlar Turkum:Arxitektorlar