Journalism Practice — jurnalistikaning professional amaliyoti va ahamiyatini yorituvchi, taqrizdan oʻtkaziladigan ilmiy jurnal. Jurnalning asoschi bosh muharriri Bob Franklin (Cardiff University) boʻlgan. Keyinchalik uning oʻrnini Bonnie Brennen (Marquette University) egallagan.

Jurnal 2007-yilda tashkil etilgan boʻlib, Routledge tomonidan nashr etiladi. Journal Citation Reports maʼlumotlariga koʻra, jurnalning 2017-yildagi impakt-faktori 1,678 ni tashkil etgan.

Manbalar

Havolalar https://www.tandfonline.com/action/journalInformation?journalCode=rjop20

Turkum:Jurnallar