Amir Qijmas al-Ishoqiy masjidi (), shuningdek Abu Hurayba masjidi (; baʼzan Abu Heriba deb transliteratsiya qilinadi), masjid, madrasa va maqbara majmuasi boʻlib, Misrning Islomiy Qohira shahridagi ad-Darb al-Ahmar tumanida joylashgan. Masjid -yilda, Mamluklar davrining oxirlarida qurib bitkazilgan va koʻplab olimlar tomonidan soʻnggi davr Mamluk meʼmorchiligining eng yetuk namunalardan biri deb hisoblanadi. U Bab Zuvayla darvozasi yaqinida joylashgan.

Tarixi Masjid qurilishi taxminan 1470-yillar oxirida boshlangan va 1480–1481-yillarda yakunlangan boʻlishi mumkin. Uni sulton Qaytbay hukmronligi davrida xizmat qilgan Sayfiddin Qijmas al-Ishoqiy ismli Burjiy mamluk amiri qurdirgan. U amir axur (podsho otxonasiga mas’ul amaldor) va amir al-hajj (Makkaga, yaʼni Hajga qilinadigan ziyorat uchun mas’ul amaldor) kabi juda muhim lavozimlarda xizmat qilgan. Shuningdek, u 1470-yilda Iskandariya hokimi, 1480-yilda esa Suriya hokimi etib tayinlangan va bu lavozimni 1487-yilgi vafotigacha saqlab qolgan. Suriya hokimligi davrida u oʻzi uchun Damashqda yangi qabr qurdirgan va Qohirada qurdirgan masjid maqbarasi oʻrniga aynan oʻsha yerda dafn etilgan.

Qohiradagi mazkur masjid oʻsha paytda shahar janubiy darvozasi Bab Zuvayla bilan Qohira qal’asini bogʻlab turuvchi bosh yoʻl boʻyida, hozir esa ad-Darb al-Ahmar nomi bilan tanilgan tuman hududida qurilgan edi. Masjidning xalq orasidagi nomi Abu Hurayba masjidi (yoki Abu Heriba va boshqalar shakllarda) boʻlib, bu nom 1852-yilda gumbazli maqbaraga dafn etilgan va valiy sifatida tanilgan shayx Abu Hurayba ismidan olingan.

Masjid tasviri 50 Misr funti banknotasida aks ettirilgan.

Manbalar

Turkum:Qohiradagi masjidlar Turkum:Misrdagi gumbazli masjidlar