Bayt al-Suhaymiy (, „Suhaymiy uyi“) — anʼanaviy Misr islomiy uslubidagi uy va muzey boʻlib, Qohirada joylashgan.
Tarixi U dastlab 1648-yilda Abdulvahhob al-Tabloviy tomonidan Darb al-Asfar boʻylab qurilgan boʻlib, bu Islomiy Qohiraning juda obroʻli va qimmat hududi edi. U Usmoniylar uslubida, erkaklar va ayollar uchun alohida qavatlar bilan qurilgan. Keyinchalik Haj Ismoil ibn Ismoil Shalabiy uyga egalik qilgan va dengiz (marina) qismini qoʻshgan. 1796-yilda uni shayx Ahmad as-Suhaymiy sotib olgan va uning oilasi bir necha keyingi avlodlar davomida uyga ega boʻlib qolgan. Shayx qoʻshni uyni ham tuzilmasiga qoʻshib, asl uy maydonini juda kengaytirgan.
1931-yilda Suhaymiy oilasi uyini Arab qadimiy yodgorliklarini asrash qoʻmitasiga sotdi.
Hozirgi holati Uy markazida kichik bogʻi boʻlgan, unda oʻsimliklar va palma daraxtlari oʻsadigan sahn — ichki hovli atrofida qurilgan. Bu yerdan uydagi bir nechta chiroyli mashrabiya derazalarini koʻrish mumkin. Marmar pollarning katta qismi, yogʻoch mebellar va shift bezaklari hanuzgacha saqlanib qolgan. 1996-yilda bino Arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasining granti hisobiga qayta taʼmirlangan boʻlib, shu majmuaga kiruvchi Mustafo Jafar, Sabil Qitas va Xarazatiy uylari ham restavratsiya qilingan. Bugungi kunda uy meʼmorchilik va xalq ogʻzaki ijodini namoyish etuvchi muzey sifatida faoliyat yuritadi.
Tasvirlar
Manbalar
Turkum:Qohiradagi muzeylar Turkum:Misr muzeylari