Tojikiston metallurgiya zavodi — Tojikistondagi metallurgiya korxonasi. Zavod Sugʻd viloyatining Guliston shahrida joylashgan bo‘lib, qurilish sohasi uchun metall mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxona Tojikiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi sanoat hamkorligi doirasida ishga tushirilgan metallurgiya loyihalaridan biri sifatida tilga olinadi.

Tarixi Tojikiston metallurgiya zavodi 2024-yil 7-sentabr kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning Sugʻd viloyatiga ishchi tashrifi davomida foydalanishga topshirilgan. Rasmiy manbaga koʻra, korxona Tojikiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar hamda oʻzaro manfaatli sanoat hamkorligi asosida tashkil etilgan. Zavodning ochilishi Tojikistonning sanoatlashtirish siyosati va ikki davlat oʻrtasidagi ishlab chiqarish kooperatsiyasi doirasida baholangan. B.A Holding rasmiy sahifalarida kompaniya sanoat, ishlab chiqarish, qurilish va investitsiya yoʻnalishlarida faoliyat yuritishi qayd etilgan.

Faoliyati Tojikiston metallurgiya zavodi qurilish sohasi uchun metall mahsulotlar, jumladan armatura va sterjenlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxonada metallolomni qayta ishlash orqali tayyor metall mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.Loyihaning dastlabki bosqichida zavodning yillik ishlab chiqarish quvvati 30 ming tonna mahsulotni tashkil etishi qayd etilgan. Keyingi bosqichlarda ishlab chiqarish quvvatini yiliga 50 ming tonnagacha oshirish rejalashtirilgan.Korxonada 130 ga yaqin mahalliy aholi faoliyat yuritadi

Oʻzbekiston bilan hamkorlik 2026-yil mart oyida Oʻzmetkombinat AJ va Tojikiston metallurgiya zavodi oʻrtasida strategik hamkorlik memorandumi imzolangan. Kelishuv metallurgiya sanoati uchun xomashyo yetkazib berish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan.

Memorandumga koʻra, 2027-yilning uchinchi choragidan boshlab Oʻzmetkombinat Tojikiston tomonidan yiliga 300 ming tonnagacha bevosita qaytarilgan temir — DRI mahsulotini xarid qilishni rejalashtirgan. Ushbu mahsulot metallurgiya ishlab chiqarishida muqobil xomashyo sifatida ishlatiladi.Kelishuv Oʻzmetkombinat boshqaruvi raisi va bosh direktori Bahodir Abdullayev hamda Tojikiston metallurgiya zavodi bosh direktori Sharipov tomonidan imzolangan.

Manbalar

Turkum:Sugʻd viloyati Turkum:Tojikiston iqtisodiyoti Turkum:Metallurgiya