Francisco „Chico“ Fernandes da Conceição (2002-yil 14-dekabrda tugʻilgan) — portugaliyalik professional futbolchi, Italiyaning A Seriya klubi „Juventus“ va Portugaliya terma jamoasida oʻng qanot hujumkor yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Porto yoshlar tizimida taʼlim olgan va klubning farm jamoasida professional debyutini amalga oshirgan. Conceição 2021-yilda farm jamoasidan asosiy jamoaga tarkibiga jalb etilgan. Porto klubi bilan birgalik 2022-yilda Primeira Ligasi va Portugaliya kubogida gʻalaba qozongan. 2022-yil iyul oyida u Eredivisiening „Ajax“ jamoasiga oʻtgan. 2023-yil sentyabr oyida mavsum oxiriga qadar bir yillik ijara shartnomasi asosida Portoga qaytgan. Conceição 2024-yil avgust oyida mavsum oxiriga qadar bir yillik ijara shartnomasi asosida „Juventus“ klubiga oʻtgan.
Conceição Portugaliya yoshlar terma jamoasining sobiq oʻyinchisi boʻlib, Portugaliyaning turli yoshlar darajasidagi jamoalarida oʻynagan. 2021-yilgi 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan. U Portugaliya terma jamoasi safidagi debyutini 2024-yilda oʻtkazib, UEFA Yevro-2024 va 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatida mamlakat sharafini himoya qilgan. Shuningdek, u 2025-yilda UEFA Millatlar ligasida gʻolib chiqqan jamoa tarkibida ham boʻlgan.
Oʻyin uslubi Conceição — texnik jihatdan kuchli qanot vingeri boʻlib, kichik radiusda burila oladi, toʻpni yaqin masofada aʼlo darajada nazorat qiladi va markaziy hududlarda oʻyinni tashkil etish qobiliyatiga ega. Uning oʻyini asosan toʻpni qanotdan reydlar va havolatma uzatmalar orqali jarima maydonchasiga yetkazib berishga asoslangan. Ixcham gavdasi, past ogʻirlik markazi hamda tez va mayda qadamlari unga toʻpni olib yurishda u bilan doimiy aloqada boʻlish imkonini beradi. Bu esa oʻz navbatida unga tez-tez va keskin yoʻnalish oʻzgartirishga yordam beradi. Shuningdek, chaqqon oyoqlari unga jarima maydonchasi ichida burchaklarni oʻzgartirish, oʻzi zarba berish yoki jamoadoshlarini qulay vaziyatga chiqarish uchun tezda moslashish qobiliyatini beradi.
Conceiçãoning tana tuzilishi unga oʻz tezligini yaxshi boshqarish imkonini beradi. Uning yoshligidanoq porlagan isteʼdodi va kichik gavdasi (1,70 m), tufayli Portugaliya matbuoti uni Eden Hazard va Lionel Messi bilan qiyoslay boshlagan. Muxlislar va ommaviy axborot vositalari esa uni baʼzan „Messi do Olival“ (Olival Messisi) deb ham atashardi.
Shaxsiy hayoti Coimbra shahrida tugʻilgan Conceição, Portugaliya terma jamoasining sobiq futbolchisi va „Al-Ittihod“ klubi bosh murabbiyi Sérgio Conceiçãoning toʻrtinchi oʻgʻlidir. Uning akalari Sérgio va Rodrigo ham professional futbolchilar sanaladi.
Faoliyat statistikasi Klub
+ Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarPorto B2020–21Liga Portugal 2204————204Porto2020–21Primeira Liga140100020001702021–22Primeira Liga252411030—333Jami39251105000503Jong Ajax2022–23Eerste Divisie75————75Ajax2022–23Eredivisie19050—4100281Porto (ijara)2023–24Primeira Liga275612181—438Juventus (ijara)2024–25Serie A26321—9132407Juventus2025–26Serie A31320—91—424Juventus jami57641—182328211Umumiy faoliyat statistikasi16922203313543223032
Xalqaro
+ Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollarTerma jamoaYilOʻyinlarGollarPortugaliya202481202552202651Jami184
Gollar va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Portugaliya gollari soni koʻrsatilgan; „Hisob“ ustunida esa har bir Conceição golidan keyingi hisob aks ettirilgan.
+ Francisco Conceição tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati№SanaStadionOʻyinRaqibHisobNatijaMusobaqa1 2024-yil 18-iyun Red Bull Arena, Leipzig, Germaniya 3 2–1 2–1 UEFA Yevro-20242 2025-yil 4-iyun Allianz Arena, Munich, Germaniya 10 1–1 2–1 2025-yilgi UEFA Millatlar ligasi finali3 2025-yil 16-noyabr Estádio do Dragão, Porto, Portugal 13 9–1 9–1 2026-yilgi jahon chempionati saralashi4 2026-yil 10-iyun Estádio Dr. Magalhães Pessoa, Leiria, Portugal 17 2–1 2–1 Oʻrtoqlik
Yutuqlar Porto
Primeira Liga: 2021-22 Taça de Portugaliya: 2021-22 2023-24
Portugaliya
UEFA Millatlar ligasi: 2024-25
Shaxsiy
SJPF oyning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2024-yil mart A Seriyada oyning eng yaxshi goli: 2026-yil mart
Manbalar
Havolalar
Francisco Conceição FC Porto saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Sporting CP futbolchilari Turkum:Padroense F.C. futbolchilari Turkum:FC Porto B futbolchilari Turkum:FC Porto futbolchilari Turkum:AFC Ajax futbolchilari Turkum:Jong Ajax futbolchilari Turkum:Juventus F.K. oʻyinchilari Turkum:Segunda Liga futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Eerste Divisie futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Portugaliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliya yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya U21 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya terma jamoasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:UEFA Millatlar ligasida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar