Demiurg, yoki Yaratuvchi ( — «usta; hunarmand; yaratuvchi, ijodkor, bunyodkor»; — «yer, xalq» + — «ish, mehnat» soʻzlaridan iborat): Falsafada (asosan Platonizmda) —koinotni tartibsiz xaosdan mukammal g‘oyalar (eydoslar) asosida shakllantirgan va tartibga solgan ilohiy kuch. Mifiologiyada — yaratuvchi iloh. Nasroniylikda — yaratuvchi manosida ishlatiladigan, Xudoning isimlaridan biri. Gnostitsizmda — Yaldabaotning isimlaridan biri. Moddiy olamni yaratgan va Oliy xudo, Monadaga qarshi chiquvchi kuchGilhus, Ingvild Sælid (1 October 1984). "The gnostic demiurge—An agnostic trickster". Religion. 14 (4): 301–311. doi:10.1016/S0048-721X(84)80010-X..

Mifologiyada Mifologiyada Demiurg yaratuvchi va ko‘pincha kulol, temirchi yoki to‘quvchi kabi qiyofalarda namoyon bo‘ladi. Lekin Demiurgning vazifalari oddiy hunarmandchilik bilan cheklanmaydi.

Masalan, yunon mifologiyasida temirchlik xudosi Gefest shunday bir qalqon yaratadiki, uni borliq timsoli sifatida talqin qilishadiGermaine Aujac. Chapter 8: The Foundations of Theoretical Cartography in Archaic and Classical Greece // Сartography in prehistoric, ancient, and medieval europe and the mediterranean / J. B. Harley, David Woodward. — University of Chicago Press, 1987. — Vol. 1. — С. 130—147. — 622 с..[ Fin mifologiyasidagi uch oliy ilohdan biri bo‘lgan temirchi Seppo Ilmarinen quyosh va oyni zarb qilib yaratadi. Misr xudosi Xnum esa dunyo va insonlarni kulolchilik charxida yasaydi. Hind mifologiyasidagi Vishvakarman — haykaltarosh va duradgor — ilohiy olam yaratuvchisi sifatida e’zozlanadi.

Aksaryat mifologiyalarda Demiurg obrazi Oliy osmon xudosi timsoli bilan qo‘shilib ketadi. Bunday xudo nafaqat ayrim buyumlar yoki jonzotlarni, balki butun borliqni yaratadi. Ko‘plab mifologiyalarda Demiurg vazifasini bir nechta xudolar olishi mumkin. Turk mifologiyasida demiurglar uchta: Koʻk Tangri, Ulgen va Erlik. Koʻk Tangri borliqni yaratgan boʻlsa, Ulgen va Erlik belashuv tarzida yer va jonzotlarni yaratishadiÇoban, Ramazan Volkan. Türk Mitolojisinde Kötülük Tanrısı Erlik'in İnanıştaki Yeri, Tasviri ve Kökeni (Turkish) .

Demiurg ko‘pincha oliy xudoning yordamchisi yoki uning irodasini amalga oshiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi.

Manbalar

Turkum:Mifologiya Turkum:Mifologiya loyihasi maqolalari