thumb|Adidas Al Rihla toʻpi Al Rihla ( — „Sayohat“) — Adidas kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan futbol toʻpi. Futbol boʻyicha 2022-yilgi jahon chempionatining rasmiy oʻyin toʻpi hisoblanadi. Toʻp oʻz kamerasi ichida osilgan holatdagi inersial oʻlchov blokini (IMU) oʻz ichiga oladi, u hakamlarga videoassistent tizimiga (VAR) toʻp harakati haqida bir zumda juda batafsil maʼlumotlarni taqdim etadi.

Nomi thumb|277x277px|Toʻpning kattalashtirilgan nusxasi Nomi sifatida arabcha Al-Rihla ( — soʻzma-soʻz „Sayohat“) soʻzi tanlangan. Rihla, shuningdek, arab adabiyotidagi anʼanaviy janr hamdir.

Tarixi Adidas kompaniyasi Al Rihla toʻpini 2022-yil 30-mart kuni taqdim etdi. Qatardagi taqdimotda jahon chempionatlarining sobiq gʻoliblari — braziliyalik Kaka va ispaniyalik Iker Kasilyas, shuningdek, saudiyalik Farah Yefri hamda Birlashgan Arab Emirliklaridan Nuf Al-Anzi ishtirok etdi.

Tavsifi Toʻpning qobigʻi termik payvandlash usuli bilan birlashtirilgan yigirmata choksiz poliuretan paneldan iborat. Uning „Speedshell“ deb nomlangan yuzasi parvoz paytida toʻpning barqarorligini va ogʻishini yaxshilashga moʻljallangan boʻrttirilgan katta va kichkina naqshlar bilan qoplangan. Adidas kompaniyasining dizayn boʻyicha direktori Fransiska Loffelmann Al Rihla toʻpini „hozirgi kunga qadar FIFA jahon chempionatlari tarixidagi eng tezkor va eng aniq toʻp“ deb taʼriflagan.

Toʻpdagi yozuvlar BMTning 6 ta rasmiy tilidan 5 tasida bitilgan boʻlib, 6-til — rus tili oʻrniga esperanto tilidan foydalanilgan.

Bu ekologik toza boʻyoqlar va yelimlar yordamida tayyorlangan birinchi futbol toʻpidir.

FIFA maʼlumotlariga koʻra, toʻpning tashqi koʻrinishi Qatar madaniyati, meʼmorchiligi, dau qayiqlari va bayrogʻidan ilhomlangan holda yaratilgan.

Harakat datchigi Toʻp „ulangan toʻp texnologiyasi“ bilan jihozlangan — toʻp kamerasi ichidagi osma tizim markazida inersial oʻlchov bloki (IMU) joylashgan boʻlib, u hakamlarga videoassistent tizimiga (VAR) bir necha soniya ichida toʻp harakati haqida yuqori aniqlikdagi maʼlumotlarni taqdim etadi. Ushbu texnologiya Myunxenning „Kinexon“ kompaniyasi tomonidan FIFA bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Ishlab chiqarilishi Adidas Al Rihla toʻpini ishlab chiqarish uchun Xitoydagi bir kompaniya hamda Pokistonning Panjob viloyati, Sialkot shahrida joylashgan „Forward Sports“ kompaniyasi bilan subpudrat shartnomasini tuzgan.

Manbalar

Turkum:Toʻp (futbol)