Fotima bint al-Asvad () — islom paygʻambari Muhammadning zamondoshi. Oʻgʻirlik uchun hudud jazosi qoʻllangan birinchi musulmon. Shaxsan paygʻambar Muhammadning buyrugʻi bilan jazo tariqasida qoʻli kesib tashlanganSahih Muslim; 17:4190.Sahih Bukhari; 4:55:2505.Muhammad ibn Saad, Tabaqat vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, p. 185. London: Ta-Ha Publishers..

Yoshlik yillari Fotima Makkadagi Quraysh qabilasining Banu Maxzum urugʻidan boʻlgan. U Ummu Amr binti Sufyon nomi bilan ham tanilgan. Sufyon al-Asvad ibn Abdulasadning oʻgʻli boʻlgani boisMuhammad ibn Ishaq, Sirat Rasulallah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, p. 311. Oxford: Oxford University Press. al-Asvad aslida Fotimaning bobosi boʻlgan boʻlishi mumkin. Uning akasi Abu Salama esa Fotimaning katta amakisi boʻlishi mumkinMuhammad ibn Ishaq, Sirat Rasulallah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, p. 329. Oxford: Oxford University Press..

Fotimaning onasi Amir ibn Luayy urugʻidan Fotima binti Abduluzzo ibn Abu Qays edi. Shunga koʻra, Huvaytib ibn Abduluzzo uning togʻasi boʻlgan. Fotimaning Habbar va Abdulloh ismli ikki akasi boʻlib, ular islomni birinchilardan qabul qilganMuhammad ibn Ishaq, Sirat Rasulallah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, p. 528. Oxford: Oxford University Press..

624-yil mart oyida al-Asvad ibn Abdulasad Badr jangida mushriklar tomonida jang qilgan va bu jangda paygʻambar Muhammadning amakisi Hamza ibn Abdulmuttalib tomonidan oʻldirilganMuhammad ibn Ishaq, Sirat Rasulallah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, p. 299. Oxford: Oxford University Press..

Fotima keyinchalik musulmon boʻlib, paygʻambar Muhammadga bayʼat qilganMuhammad ibn Saad, Tabaqat vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, p. 184. London: Ta-Ha Publishers.. Uning islomni Makka fathi chogʻida yoki undan avvalroq qabul qilgani aniq keltirilmagan.

Huquqiy ish Jinoyat Fotima amalga oshirgan jinoyat sanasi ham, uning asl mohiyati ham bahsli. U bu jinoyatga yo Makkani fath etish chogʻidaMuslim 17:4188. yaʼni 630-yil yanvar oyida, yoki vidolashuv haji paytida 632-yil mart oyida qoʻl urgan.

Oyshaning aytishicha, Fotima buyumlarni qarzga olib, keyin ularni olganini inkor qilar ekanMuslim 17:4189.. Boshqa rivoyatda oʻgʻirlangan buyumlar taqinchoqlar ekanligi aytilgan. Uchinchi talqinda esa Fotima tunda tashqariga chiqib, yoʻlovchilar qarorgohiga duch kelgani va ularning xaltalaridan birini olgani aytilgan. Biroq u jinoyat ustida qoʻlga tushgan va yoʻlovchilar uni ushlab, bogʻlab qoʻygan.

Hukm Ertalab Fotima paygʻambar Muhammadning huzuriga olib kelingan. Muhammad paygʻambar esa uning qoʻlini kesib tashlashni hukm qilgan.

Qurayshlar uning holidan juda xavotirga tushibBukhari 8:81:779.Muslim 17:4187., jazoni yengillashtirish uchun oʻrtaga tushadigan vositachi qidira boshlagan. Bir necha kishi paygʻambar Muhammadning huzurida unga shafoat soʻrab kirgan. Fotimaning qarindoshlari paygʻambar Muhammadga yaqinlashishga jurʼat qila oladigan va unga taʼsir oʻtkaza olishi mumkin boʻlgan yagona shaxs uning asrab olingan nabirasi Usoma ibn Zayd deb oʻylagan. Fotimaning oilasi Usomaga murojaat qilgan, u esa oʻz navbatida paygʻambar Muhammadning huzuriga Fotima uchun shafoat soʻrab borgan.

Usoma Fotimaning nomidan soʻz boshlagan, ammo paygʻambar Muhammadning rangi oʻzgarib, unga shunday degan: „Allohning belgilagan jazo choralaridan birini bekor qilishni soʻrab oʻrtaga tushyapsanmi? Ey Usoma, menga gapirma. Allohning hududlari buzilar ekan, buning boshqa chorasi yoʻqdir. Agar qizim Fotima oʻgʻrilik qilganida ham, shubhasiz, uning qoʻlini kesardim!“ Usoma shunday javob qaytargan: „Ey Allohning Rasuli, Allohdan men uchun magʻfirat soʻrang!“

Shundan soʻng Fotima paygʻambar Muhammadning xotinlaridan biri, oʻz urugʻidan boʻlgan Ummu Salamaning huzuriga panoh izlab borgan. Ammo Muhammad xotiniga uni qoʻyib yuborishni aytib, oʻgʻirlik jazosi borasida oʻz qizini ham ayamasligini takrorlagan.

Shom payti paygʻambar Muhammad odamlar oldida xutba oʻqish uchun turdi, Allohga hamd-u sano aytib, soʻng davom etdi: „Endi muddaoga oʻtsak. Ey odamlar! Sizlardan oldingi ummatlarning yoʻldan ozishi va halok boʻlishiga sabab agar ularning ichida obroʻli biror kishi oʻgʻrilik qilsa, uni jazolamay qoʻyib yuborar edilar, bordi-yu uysiz-joysiz, zaif biror kishi oʻgʻrilik qilsa, unga belgilangan jazoni ijro etar edilar. Jonim qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, agar Muhammadning qizi Fotima oʻgʻrilik qilganida ham muqarrar ravishda uning qoʻlini kesgan boʻlardim!“

Ushbu bayonotdan soʻng, Muhammad paygʻambar hukm ijro etilishini buyurdi. Umuman olganda, paygʻambar shunday taʼlim bergan: „Chorak dinor yoki undan qimmatroq qiymatdagi narsani oʻgʻirlaganlik uchun qoʻl kesiladi“Bukhari 8:81:780..

Jazo Shundan soʻng Fotimaning qoʻli kesib tashlangan va u qoʻlidan qon tomib turgan holda chiqib ketgan.

Fotima Abdulashhal urugʻiga borgan, u yerda Usayd ibn Hudayrning xotini uni tanib, uyiga taklif qilgan va unga ovqat pishirib bergan. Urugʻ boshligʻi UsaydMuhammad ibn Saad, Tabaqat vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr, p. 470. London: Ta-Ha Publishers. masjiddan qaytib kelgach, hali uyga kirmasidan turib xotinidan Fotima haqidagi xabarni eshitgan-eshitmaganini soʻragan. Xotini: „Ha, u men bilan shu yerda“, — deb javob bergan. Usayd paygʻambar Muhammad bilan maslahatlashish uchun masjidga qaytib borgan, Muhammad esa unga: „Unga rahm qilgan ekansan. Alloh senga ham rahm qilsin!“ — deb aytgan.

Fotima otasining oldiga qaytgach, otasi unga togʻalarinikiga borib yashashni buyurgan, chunki Fotima ularga oʻxshab ketardi. Biroq bu oʻxshashlik tashqi koʻrinishdami yoki xulq-atvordami, otasi bunga toʻxtalib oʻtirmagan. Uni togʻasi Quvaytib ibn Abduluzzo oʻz qaramogʻiga olgan.

Keyingi hayoti Paygʻambar Muhammadning xotini Oysha Fotimaning chin dildan tavba qilganini taʼkidlagan. U muhtoj boʻlib qolsa, Oyshaning huzuriga borar, Oysha esa uning iltimoslarini paygʻambarga yetkazar edi.

Fotima paygʻambar Muhammad hayotlik paytida turmushga chiqqan. Umm Amr kunyasi uning Amr ismli oʻgʻli boʻlganini anglatadi.

Manbalar

Turkum:Makkalik kishilar Turkum:Ayol sahobalar