Qatoda ibn an-Noʻmon (; ) — islom paygʻambari Muhammadning sahobasi, Madina ansorlaridan biri.
Tarjimai holi Qatoda Banu Avs qabilasining Nabit urugʻi Zafar tarmogʻidan an-Noʻmon ibn Zayd va Banu Xazraj qabilasining Banu Najjor urugʻidan Unaysa binti Qaysning oʻgʻli boʻlgan. Uning Qavoqil ittifoqchilaridan Hind binti Avs, Gʻasson qabilasidan al-Xanso binti Xunayd hamda Zafar kichik urugʻidan Oysha binti Juray ismli xotinlari boʻlgan. Hind binti Avsdan Abdulloh va Ummu Amr ismli farzandlari boʻlgan. Al-Xanso va Oysha esa Qatodaning Amr va Hafsa ismli farzandlarining onasi ekani rivoyat qilinadiMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir Volume 3. Translated by Aisha Bewley (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers..
Al-Voqidiyning maʼlumotlariga koʻra, Qatoda Aqabadagi ikkinchi bay’atda hozir boʻlgan, biroq uning ismi Ibn Isʼhoq tomonidan keltirilgan ikkinchi bay’atda ishtirok etganlar roʻyxatida uchramaydi.
Qatoda paygʻambar Muhammadning kamonchilaridan biri sifatida qayd etilgan. U BadrMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Alfred Guillaume (1955). Oxford: Oxford University Press., Uhud, Xandaq va „Allohning Rasuli bilan boʻlgan barcha janglarda“ qatnashgan. Uhud jangida Qatoda ibn an-Noʻmonning koʻziga oʻq tegib yaralangan va koʻz kosasidan chiqib, yonoqlariga osilib qolgan. Hamrohlari uni kesib tashlamoqchi boʻlishgan, ammo avval paygʻambar Muhammad bilan maslahatlashishga qaror qilishgan. Paygʻambar esa bunga yoʻq degan. Soʻngra Qatodani oldiga olib kelishni buyurgan, paygʻambar uning koʻzini qoʻli bilan joyiga qaytarib qoʻygan, soʻng unga muborak tupugidan biroz surgan va: „Ey Alloh, unga husn ato et!“ degan. Shundan keyin yaralangan koʻzi Qatodaning eng yaxshi va sogʻlom koʻzi boʻlib qolgan. Uning ikkinchi koʻzi yalligʻlanishdan aziyat chekkanida ham bu koʻzi hech qachon kasallanmagan. Makka fathida Qatoda Zafar urugʻining bayrogʻini koʻtargan.
Qatoda hijriy 23-yil (milodiy 643–644) 65 yoshida vafot etgan. Uning janoza namozini Umar oʻqigan.
Avlodlari Uning nevaralaridan biri Osim ibn Umar ibn Qatoda (hijriy 120 yoki 129-yilda vafot etgan)Various Issues About Hadiths mashhur hadis roviylaridan boʻlgan. U, shuningdek, tarixchi Ibn Is’hoq uchun tarixiy maʼlumotlar yigʻishda asosiy manbalardan biri hisoblanganGuillaume, A. (1955). „Introduction.“ In Muhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Alfred Guillaume (1955). Oxford: Oxford University Press.. Qatoda ibn Noʻmonning erkak nasli Osim ibn Umar ibn Qatoda bilan tugagan..
Manbalar
Turkum:Sahoba hadis roviylari Turkum:Sahobalar