Ahez — Fransiyaning Bretan mintaqasidagi Carhaix-Plouguer shahridan bo‘lgan vokal guruh bo‘lib, uning tarkibiga Marine Lavigne, Sterenn Diridollou va Sterenn Le Guillou kiradi. Trio Alvan bilan birgalikda Fransiya nomidan „Eurovision qoʻshiq tanlovi 2022“da „Fulenn“ qo‘shig‘i bilan ishtirok etgan.

Tarixi Diridollou, Lavigne va Le Guillou Bretandagi Carhaix-Plouguer shahrida joylashgan Diwan o‘rta maktabida tahsil olayotgan paytda tanishgan. Ular shu yerda Bretan xalq og‘zaki qo‘shiqchilik an’anasi bo‘lgan kan ha diskan uslubini o‘rgangan va ijro etganlar.

„Ahez“ nomi Carhaixning bretoncha nomi — „“ uchun ishlatiladigan xalq etimologiyasi „“ hamda Bretan mifologiyasidagi Ahes qahramoni nomidan olingan.

Guruh 2018-yildan boshlab „Fest Noz“ festivallarida chiqish qila boshlagan va shu yili „Loryan Interkelt festivali“da Eben guruhi bilan birgalikda ishtirok etgan.

2021-yil yozida ular Renn shahridagi bir barda xonanda va prodyuser Alvan bilan tanishganlar. Shundan so‘ng ular Alvan bilan birgalikda Eurovision France, c'est vous qui décidez ! 2022 («Eurovision Fransiya, qarorni siz qabul qilasiz! 2022») tanlovida „Fulenn“ qo‘shig‘i bilan qatnashganlar. Ular hakamlar hay’ati va tomoshabinlar ovoz berishida g‘olib chiqib, milliy saralashda birinchi o‘rinni egallaganlar.

„Fulenn“ qo‘shig‘i yildan buyon Eurovision sahnasida breton tilida ijro etilgan ilk qo‘shiq bo‘lgan. Guruh Eurovision finalida jami 17 ochko to‘plab, 24-o‘rinni egallagan.

2022-yil oxirida guruh Asturiyaning an’anaviy musiqiy jamoasi Algaire bilan hamkorlik qilib, astur tilidagi „Llume“ qo‘shig‘ini yaratdi hamda unga breton tilidagi bir bandni yozdi. Qo‘shiq uchun ishlangan videoklip 2023-yil yanvar oyida taqdim etilgan. 2023-yil avgust oyida esa ikki guruh „Loryan Interkelt festivali“da birgalikda sahnaga chiqqan.

Discography Yakkalik NomiYil Chartdagi eng yuqori o‘rinlarAlbom LIT SWEHeat.„Fulenn“ 2022 22 18 Magma„Llume“ 2023

Manbalar

Havolalar

Turkum:2018-yilda tashkil etilgan musiqiy guruhlar Turkum:Fransiyadagi musiqiy guruhlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari