Aka-uka Advahovlar (, ) — Moldovaning folklor musiqasi ijro etuvchi dueti bo‘lib, aka-uka Vasile va Vitalie Advahovlardan tashkil topgan. Guruh 2005-yilda tashkil etilgan va Kishinyov shahrida faoliyat yuritadi. Ular „Zdob și Zdub“ guruhi bilan birgalikda Moldova nomidan Italiyaning Turin shahrida boʻlgan „Eurovision qoʻshiq tanlovi 2022“da „Trenulețul“ qo‘shig‘i bilan ishtirok etgan.

Tarixi Vitalie va Vasile Advahov mos ravishda 1978-yil 18-yanvar va 1979-yil 26-aprelda Moldovaning Kahul shahrida tug‘ilgan. Ularning ota-onasi Vasile va Agafia Advahovlar Gotești hamda Cîrpești qishloqlaridan bo‘lib, Kahul pedagogika bilim yurtida o‘qituvchi bo‘lib ishlaganlar. Ular o‘rta maktab davrida Ciprian Porumbescu nomidagi litseyda tahsil olib, „Mugurașii“ nomli orkestr guruhining a’zolari bo‘lganlar.

Faoliyati „Aka-uka Advahovlar“ guruhi 2005-yilda tashkil etilgan. Dastlab u kichik musiqiy jamoa sifatida tashkil etilgan bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan mashhurlikka erishdi va Moldova Respublikasi hamda Ruminiyadan turli musiqachilar unga qo‘shilib, to‘laqonli orkestr shakllandi. 2020-yil holatiga ko‘ra, orkestr tarkibida 45 nafar cholg‘uchi faoliyat yuritgan.

2022-yil 29-yanvarda folklor-rok guruhi „Zdob și Zdub“ bilan hamkorlikda ijro etilgan „Trenulețul“ qo‘shig‘i Teleradio-Moldova tomonidan „Eurovision qoʻshiq tanlovi 2022“da Moldova vakili sifatida tanlab olindi. Ular tanlov yakunida 253 ochko jamg‘arib, 7-o‘rinni egallagan. Tomoshabinlar ovozi bo‘yicha esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritganlar.

Manbalar

Turkum:Moldovadagi musiqiy guruhlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari