Hikoya yoki Falastin hikoyasi (arabcha: حكاية, romanizatsiyasi: ḥikāya) — Falastin ogʻzaki adabiyotning oʻziga xos shakli boʻlib, u ayollar, ayniqsa, yoshi ulugʻ ayollar tomonidan aytiladi.
2005-yilda ushbu anʼana YUNESKO tomonidan „Insoniyat ogʻzaki va nomoddiy merosining durdonasi“ deb eʼlon qilingan, 2008-yilda esa YUNESKOning Nomoddiy madaniy meros roʻyxatiga kiritilgan. Biroq, ijtimoiy tuzilmalarning oʻzgarishi, maktab taʼlimining keng ommalashishi hamda ommaviy axborot vositalarining tarqalishi natijasida bu anʼana tobora yoʻqolib bormoqda.
Tarixi Hikoya Falastin adabiyotining oʻziga xos shakli boʻlib, u yoshi ulugʻ falastinlik ayollar tomonidan yoshroq ayollar va bolalarga ogʻzaki ravishda oʻrgatib kelingan tarbiyaviy xalq ertaklari koʻrinishiga ega. Odatda arab tilining fallahiy yoki madaniy lahjalarida aytiladigan bu hikoyalar koʻngilochar va taʼlimiy maqsadlarni koʻzlaydi hamda asosan uy sharoitida, koʻpincha qish oylarida aytib beriladi.
Odatda oʻta taʼsirchan ohangda soʻzlab beriladigan ushbu ogʻzaki asarlarda ijtimoiy muammolar va tarix, ayniqsa, ayollar hayotiga taʼsir koʻrsatadigan voqealar muhokama qilinadi. Ular jamiyatdagi muammolarni muhokama va bahs-munozaraga chorlash uchun tanqid ostiga olishi yoki majburan koʻchirilish xotiralarini muhrlovchi arxiv vazifasini bajarishi ham mumkin. Garchi yosh oʻgʻil bolalar ham hikoya aytishni mashq qilishsa-da, ulardan ulgʻaygan sayin bu anʼanada ishtirok etmaslik talab etiladi.
Yozma adabiyot Ibrohim Muhaviy va Sharif Kanona Gʻazo sektori, Gʻarbiy Sohil va Galileyadan jami 45 ta hikoyani toʻplab, ularni 1989-yilda ingliz tilidagi tarjimada „Speak, Bird, Speak Again“ nomi ostida, 2001-yilda esa arab tilida nashr ettirishdiSeikaly, Zeina. "Speak, Bird, Speak Again: Palestinian Arab Folktales, ed. by Ibrahim Muhawi and Sharif Kanaana (Book Review)." Middle East Journal 44.2 (1990): 337.. Ushbu antologiya keyinchalik ispan va fransuz tillariga ham oʻgirildi. 2007-yilda Falastin Taʼlim vazirligi ushbu kitobning 1500 ga yaqin nusxasini davlat maktablari kutubxonalaridan musodara qildi. Bunga ertaklarda soʻzlashuv tilidagi va baʼzida bolalar taʼlimi uchun toʻgʻri kelmaydigan haqoratli iboralar ishlatilgani vaj qilib koʻrsatildi. Biroq jamoatchilikning keskin norozilik namoyishlaridan soʻng, ushbu qaror tez orada bekor qilindi.
YUNESKO roʻyxatiga kiritilishi Hikoya ogʻzaki ijodiyoti 2005-yildan buyon YUNESKO tomonidan insoniyat ogʻzaki va nomoddiy merosining durdonalaridan biri sifatida eʼtirof etib kelinadi. 2008-yilda ushbu sanʼat turi YUNESKOning Nomoddiy madaniy meros roʻyxatiga rasman kiritildi. YUNESKOga taqdim etilgan hujjatlar toʻplami boshqa tashkilotlar qatori Arab ayollari ittifoqi, „Insho al-Usra“ jamiyati hamda Qatton jamgʻarmasi kabi jamoat birlashmalari bilan hamkorlikda tayyorlangan.
Yoʻqolib borishi Ommaviy axborot vositalarining taʼsiri natijasida hikoya anʼanasi inqirozga yuz tutmoqda, chunki bu vositalar koʻpincha odamlarda oʻzlarining mahalliy urf-odatlariga qoloqlik va past darajadagi narsa sifatida qarash hissini uygʻotadi. Buning oqibatida yoshi ulugʻ ayollar hikoyalarning shakli va mazmunini oʻzgartirishga moyil boʻlib qolmoqdalar. Falastindagi hozirgi siyosiy vaziyat tufayli ijtimoiy hayotning muttasil izdan chiqayotgani ham hikoya anʼanasining davomiyligiga tahdid solayotgan yana bir omildir. Shunday boʻlsa-da, 2021-yildan buyon ushbu adabiy janrni qayta tiklash borasida muayyan jonlanish kuzatilmoqda.
Yana qarang Falastindagi nomoddiy madaniy meros obyektlari ro‘yxati Turkcha hikoyalar Speak, Bird, Speak Again
Manbalar
Qoʻshimcha oʻqish uchun
Ertaklar to‘plami
Muhawi, Ibrahim, and Sharif Kanaana. Speak, Bird, Speak Again: Palestinian Arab Folktales. Berkeley: University of California Press. 1989.
(partial reprint of the above)
Havolalar The Palestinian Hikaye (film) The Roaring Rooster - Palestinian Hikaye (qo‘g‘irchoq film) Flickr album
Turkum:Ogʻzaki adabiyot Turkum:Islom madaniyati