Axel Hirsoux (1982-yil 26-sentyabrda tugʻilgan) — belgiyalik xonanda. U Daniyaning Kopengagen shahrida oʻtkazilgan „Eurovision-2014“ tanlovida „Mother“ qoʻshigʻi bilan Belgiya sharafini himoya qilgan. „Eurosong“ milliy saralash tanlovining final bosqichida u tomoshabinlar ovozlarining 50 foizdan ortigʻini qoʻlga kiritgan hamda xalqaro hakamlar hayʼatidan maksimal 12 ballni toʻrt marotaba olgan.
Karyerasi The Voice Belgique 2013-yilda Hirsoux Valloniya mintaqasida oʻtkazilgan isteʼdodlar tanlovlarida, jumladan, „The Voice Belgique“ teleloyihasida ishtirok etgan. U mazkur musobaqaning ikkinchi bosqichida tanlovni tark etgan. Eurovision-2014 2014-yilda Hirsoux Belgiya teleradiokompaniyasi VRT tomonidan tashkil etilgan hamda „Eurovision-2014“ tanlovi uchun milliy saralash vazifasini oʻtagan „Eurosong 2014“ musobaqasida ishtirok etishi eʼlon qilingan. U dastlabki saralash dasturida „Mother“ qoʻshigʻini ijro etgan va yarim final bosqichiga yoʻl olgan. 2014-yil 9-mart kuni oʻtkazilgan uchinchi yarim finalda ham muvaffaqiyatli qatnashib, finalga chiqqan. Musobaqa finali 2014-yil 16-mart kuni Antverpendagi Sportpaleis arenasida boʻlib oʻtgan. Yakunda Hirsoux gʻolib deb topilgan va Daniyaning Kopengagen shahrida oʻtkazilgan „Eurovision-2014“ tanlovida „Mother“ qoʻshigʻi bilan Belgiya sharafini himoya qilish huquqini qoʻlga kiritgan. 2014-yil 20-yanvarda Kopengagen shahar hokimiyatida oʻtkazilgan yarim final taqsimoti qurʼasiga koʻra, Belgiya 6-may kuni boʻlib oʻtgan birinchi yarim finalning ikkinchi qismida sahnaga chiqishi belgilangan. Biroq „Mother“ qoʻshigʻi final yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmagan. Hirsoux birinchi yarim finalda 28 ball toʻplab, 14-oʻrinni egallagan.
Tanlovdan soʻng, 2014-yil 7-iyulda u „Bellissimo“ nomli singlini taqdim etganiTunes — Music — Bellissimo — Single by Axel Hirsoux In November 2014 Hirsoux & Camille Beniest released the single „Because You Need Me“.iTunes — Music — Because You Need Me — Single by Axel Hirsoux & Camille. Oʻsha yilning noyabr oyida Camille Beniest bilan hamkorlikda „Because You Need Me“ singlini nashr etgan. 2015-yil 1-iyunda esa „Haut l’humain“ nomli navbatdagi singlini eʼlon qilganiTunes — Music — Haut l’humain — Single by Axel Hirsoux.
Shaxsiy hayoti Kopengagen shahrida oʻtkazilgan „Eurovision-2014“ tanlovi vaqtida Hirsoux OUTtv telekanaliga bergan intervyusida erkak kishi bilan turmush qurganini maʼlum qilgan.
Diskografiyasi
Singllari Nomi Yil Chartdagi eng yuqori natijasi Albom BEL (Vl) BEL (Wa) „Mother“ 2014 7 32 rowspan="6" „Bellissimo“ 49 — „Because You Need Me“(Camille Beniest bilan) 83 — „Haut l’humain“ 2015 — — „Après l’hiver“ 2015 — — „Au plus près de mes rêves“ 2016 — — Manbalar
Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Yashayotgan insonlar