Andrey Sergeyi Hovnanyan (; 1979-yil 8-iyulda tugʻilgan) — André () taxallusi bilan tanilgan arman xonandasi, 2000-yillarning oʻrtalarida Armanistonning eng mashhur estrada yulduzlaridan biri. 2004–2018-yillar davomida Armanistondagi turli musiqiqiy mukofotlarda bir necha bor „Eng yaxshi erkak xonanda“ unvoniga sazovor boʻlgan. André „Without Your Love“ qoʻshigʻi bilan Armaniston nomidan „Eurovision–2006“ tanlovida ishtirok etgan. Bu Armanistonning tanlov tarixidagi ilk ishtiroki boʻlgan.
U 15 yoshida „Road to Renaissance“ musiqiy tanlovida gʻolib chiqib, professional faoliyatiga asos solgan. Shundan soʻng u besh yil davomida Armaniston Davlat musiqiy teatrida faoliyat yuritgan. Shu davrda u Yerevan Davlat konservatoriyasida tahsil olib, doktorlik darajasini olgan.
André, shuningdek, „Hay Superstar“, „My Name Is…“, „Premiere“ va „The X Factor“ kabi koʻrsatuvlarda hakam sifatida faoliyat yuritgan. Bundan tashqari, uning „Andrenaline“ nomli shaxsiy realiti-shousi ham boʻlgan.
2005-yildan buyon Andréning prodyuseri Anush Hovnanyan hisoblanadi. Diskografiyasi Albomlar Itʼs Me () (2003) Only Love () (2005) 1000X/1000 Times () (2006) Secret of Happiness () (2008) ANDREnaline (2010) My Soul () (2014)
Singllar My Love To You (2005) Without Your Love (2006)
Mukofotlari Yil Mukofot Nominatsiya Shahar Natija 2001 „Golden Skif“ xalqaro musiqa tanlovi Donetsk Finalchi 2001 „Golden Shlyager“ xalqaro musiqa tanlovi Mogilyov Finalchi 2002 Voice of Asia Almati 2003 „Festos“ xalqaro yoshlar musiqa festivali Oltin diplom mukofoti Moskva 2003 Shanghai Asia xalqaro musiqa festivali Eng yaxshi yangi xonanda Shanxay 2003 Arman yil qoʻshigʻi Arman musiqasiga qoʻshgan eng katta hissasi uchun Moskva 2003 Hit FM Radio Yilning eng yaxshi qoʻshigʻi — „Antsa–gnatsi“ 2004 Ijro sanʼati boʻyicha jahon chempionati Jahon chempioni Gollivud 2004 Krunk umumarman musiqa festivali Yilning eng yaxshi xonandasi Yerevan 2004 Golden Lyre Awards Yilning eng yaxshi qoʻshigʻi — „My Love to You“ Yerevan 2005 Milliy musiqa mukofotlari Yilning eng yaxshi xonandasi 2005 Glendale kaliti Glendale 2006 Yil odami Moskva 2006 Tashir Music Awards „Avance“ mukofotiArmenia Music Awards Moskva 2006 M Club Music Awards Eng yaxshi erkak xonandaEurovision Young Musicians Gollivud 2006 M Club Music Awards Eng yaxshi xalqaro arman ijrochisiEurovision Young Musicians Gollivud 2006 M Club Music Awards „Varduhi Vardanyan“ mukofotiEurovision Young Musicians Gollivud 2007 Armenian Music Awards Yilning erkak xonandasi Los-Anjeles 2009 Tashir Music Awards Oʻn yillikning xonandasi Moskva 2009 Armenian Music Awards Arman musiqasi elchisi Los-Anjeles 2009 M Club Music Awards Arman musiqasi elchisi Los-Anjeles
Manbalar
Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Stepanakertda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar