Albina Kelmendi (1998-yil 27-yanvarda tugʻilgan) — kosovolik xonanda va qoʻshiqnavis. U 2014-yilda „The Voice of Albania“ koʻrsatuvining toʻrtinchi mavsumida ikkinchi oʻrinni egalaganidan soʻng mashhurlikka erishgan. Kelmendi oʻz oilasi bilan birgalikda „Duje“ qoʻshigʻi orqali Albaniya nomidan „Eurovision–2023“ tanlovida ishtirok etgan.
Yoshligi Albina Kelmendi Kosovoning Pejë shahrida (oʻsha paytda Yugoslaviya tarkibida) tugʻilgan. U tugʻilgan shahridagi Halit Kasapolli Musiqiy maktabida klarnet va pianino boʻyicha taʼlim olgan. Shuningdek, u oilasi bilan birgalikda Family Band nomi ostida sahna faoliyatini boshlagan.
Karyerasi 2014–2021: „The Voice of Albania“ va „Top Fest“
2014-yilda Albina Kelmendi „The Voice of Albania“ koʻrsatuvining toʻrtinchi mavsumida ishtirok etish uchun saralash bosqichidan oʻtgan. Tinglovlar davomida barcha toʻrt nafar murabbiy uning chiqishiga qiziqish bildirgan va oʻrindiqlarini burishgan. Shundan soʻng u Elsa Lila jamoasiga qoʻshilgan. Kelmendi mavsum yakunida ikkinchi oʻrinni egallagan.
+ The Voice of Albaniadagi chiqishlariBosqichQoʻshiqAsl ijrochi(lar)IzohlarKoʻr-koʻrona tinglovlarSomethingʻs Got a Hold on MeEtta JamesBarcha toʻrt murabbiy oʻrindigʻini burdi, Elsa jamoasini tanladiJang bosqichiRun Baby RunSheryl CrowNilsa Hysidan ustun keldiNokaut bosqichiSuusRona NishliuXhejni Memlikajdan ustun keldiJonli efirlarTomlin e nanësJerichoSerenata e ShubertitFrederik NdociAll for LoveBryan Adams, Rod Stewart va StingElsa jamoasi bilanYarim finalItʼs a Manʼs Manʼs Manʼs WorldJames BrownFinalZgjohuJerichoUnchain My HeartRay CharlesTomlin e nanësJerichoJericho bilan birga Keyingi yili Albina Kelmendi „Top Fest“ tanlovining oʻn ikkinchi mavsumida ishtirok etib, „Nuk ka ma mire“ qoʻshigʻini ijro etgan.
2022–hozirgacha 2022-yil iyun oyida Albina Kelmendi oʻzining ilk studiyaviy albomi — „Nana loke“ni chiqargan. Oʻsha yil dekabr oyida u oilasining besh aʼzosi bilan birgalikda „Festivali i Këngës 61“ tanlovida Albina & Familja Kelmendi nomi ostida ishtirok etib, „Duje“ qoʻshigʻini taqdim etgan. Guruh final kechasida hakamlar ovozi bilan ikkinchi oʻrinni egallagan boʻlsa-da, tomoshabinlar ovozi natijasida Albaniyani Liverpool shahrida boʻlib oʻtgan „Eurovision–2023“ qoʻshiq tanlovida vakillik qilish huquqini qoʻlga kiritgan.
„Eurovision“da ular 11-may kuni ikkinchi yarim finalda chiqish qilib, finalga yoʻl olishgan. Yakunda esa grand finalda 22-oʻrinni egallagan.
Manbalar
Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Yashayotgan insonlar