Eski Tayvan koshinlari muzeyi () — sanʼat muzeyi boʻlib, Tayvanning Chiyayi shahri, Gʻarbiy tumanida joylashgan.

Tarixi Muzey binosi ilgari Yaponlar tomonidan Tayvanni boshqarish davrida yogʻoch omborxonasi sifatida ishlatilgan. Muzey asoschisi Jeyms Syuy va uning doʻstlari 2015-yilda binoni sotib olish va taʼmirlash uchun mablagʻ toʻpladilar. Oʻsha yili muzey binosi taʼmirlash uchun Chiyayi shahri hokimiyatidan subsidiya oldi.

Ekspozitsiyalar Muzeyda 1915–1935-yillarga oid boʻlgan, klassik uslubdagi 4 000 dan ortiq koshin namunalari namoyish etiladi.

Transport Muzeyga Tayvan temir yoʻlining Chiyayi vokzalidan shimoli-sharqqa qisqa piyoda yurish orqali yetib borish mumkin.

Manbalar

Turkum:Tayvandagi muzeylar