Can Bonomo (1987-yil 16-mayda tugʻilgan) — turkiyalik xonanda. U Baku shahrida oʻtkazilgan „Eurovision–2012“ tanlovida Turkiya nomidan ishtirok etgan.
Yoshligi Bonomo Turkiyaning İzmir shahrida sefard yahudiylari oilasida tugʻilganRon Kampeas, „Turkish Jews celebrate country’s Eurovision pick, but singer would prefer quiet about his religion“ , Jewish Telegraphic Agency, 17 January 2012.. U 17 yoshida Istanbulda vokal prodyuseri sifatidagi rasmiy faoliyatini boshlagan. Shu bilan birga, Istanbul Bilgi Universityda televideniye va kino yoʻnalishida tahsil olgan. Uning dasturlari Number 1 FM, Radio101 hamda Radio Class kabi mashhur radiokanallar orqali efirga uzatilgan. Keyinchalik Bonomoning koʻrsatuvlari MTV va Number One TV kabi xalqaro telekanallarda ham namoyish etilgan. U, shuningdek, boshqa xonandalar uchun ham qoʻshiqlar yaratgan.
Can Bonomo shu kungacha oltita studiyaviy albomini ommaga taqdim etgan. Uning eng soʻnggi „Kara Konular“ albomi 2024-yil 16-fevralda chiqarilganhttps://www.zorlupsm.com/can-bonomo-nun-yeni-albumu-kara-konular-yayindahttps://bantmag.com/subat-2024-25-super-album/.
Bonomo musiqiy faoliyati bilan bir qatorda sheʼriyat bilan ham shugʻullangan. Uning „Delirmek Belirmektir“ nomli ilk sheʼriy toʻplami 2013-yilda nashr etilgan. Xonandaning „Şu Sevdalar Tevatürü“ nomli ikkinchi sheʼriy kitobi esa 2016-yilda chop etilgan. Keyinchalik u „Parya Koma“ nomli uchinchi sheʼriy toʻplamini ham ommaga taqdim etgan.
2024-yilda Bonomo „Ateşli Silahlar ve Bilardo“ nomli romanini nashr ettirgan. Uning eng soʻnggi „Mümkansız Şeyler“ sheʼriy kitobi 2026-yilda chop etilganhttps://bantmag.com/can-bonomonun-siir-kitabi-su-sevdalar-tevaturu-yayimlandi/https://www.hurriyet.com.tr/kelebek/hurriyet-pazar/sadece-kendi-icin-degil-baskalari-icin-de-konusuyor-insan-siir-yazdigi-zaman-43128739.
Eurovision-2012 2012-yil yanvar oyida Bonomo Baku shahrida oʻtkazilgan „Eurovision–2012“da Turkiya vakili sifatida ichki tanlov asosida saralangan. 2012-yil fevral oyida u „Love Me Back“ qoʻshigʻini ommaga taqdim etgan. Xonanda 2012-yil 26-may kuni oʻtkazilgan final bosqichida mazkur qoʻshiq bilan yettinchi oʻrinni egallagan.
Shuningdek, Bonomo „Eurovision“dagi Turkiyaning soʻnggi vakili sifatida tarixda qolgan. Mamlakat keyingi yildan boshlab tanlovdagi ishtirokini toʻxtatgan hamda hozirga qadar musobaqaga qaytmagan.
Manbalar
Turkum:İzmirda tugʻilganlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Turkiyalik qoʻshiqchilar Turkum:Yashayotgan insonlar