Vida Movahediy (; 1985-yilda Tehronda tugʻilgan), koʻproq Vida Movahed nomi bilan tanilgan, eronlik inson huquqlari faoli, norozilik namoyandasi va ayollar huquqlari faoli boʻlib, u „Inqilob qizlari“ harakatining boshlovchisi hisoblanadi. 2017-yil 27-dekabr kuni u Tehrondagi Inqilob koʻchasida Eronning majburiy hijob qonuniga norozilik sifatida ramziy tarzda oʻzining oq roʻmolini yechib tashladi. Shundan soʻng uning surati „Inqilob koʻchasining qizi“ nomi bilan eʼlon qilindi.
Birinchi norozilik 2017-yil 27-dekabr kuni Vida Movahed oʻz roʻmolini yechib, majburiy hijobga qarshi norozilik sifatida, roʻmolini tayoqqa bogʻlab hilpiratar ekan, koʻcha ustidagi kommunikatsiya qutisi (elektr shit) ustiga chiqdi. U darhol hibsga olindi. 27-yanvar kuni bir oy qamoqda saqlangach, ozod qilindi.
Ikkinchi norozilik 2018-yil 29-oktabr kuni Vida Movahed bir nechta sharlarni ushlab, majburiy hijobga qarshi norozilik sifatida Inqilob maydonidagi firuza gumbaz tepasiga chiqdi. Shundan soʻng u yana hibsga olindi va hijobni yechish orqali odamlarni buzuqlik va fohishalikka undash jinoyati uchun bir yil ozodlikdan mahrum etishga hukm qilindi.
Manbalar
Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:Eronlik ayol huquqlari faollari