Taichung adabiyot muzeyi (TLM; ) Tayvanning Taichung shahri, Gʻarbiy tumanidagi muzeydir.
Tarixi Muzey binolari dastlab 1934-yilda Tayvanda yaponlar hukmronligi davrida politsiya yotoqxonasi sifatida qurilgan. 2009-yilda binolar Taichung shahar hokimligining Madaniy ishlar byurosi tomonidan tarixiy binolar sifatida eʼlon qilingan. 2010-yil aprel oyida shahar hokimligi binolarni rekonstruksiya qilib, ularni Tayvanda adabiyotga qoʻshilgan hissani eʼzozlash va adabiyot targʻibotini rivojlantirish maqsadida Taichung adabiyot muzeyiga aylantirdi. Muzeyning tashqi qismi va hovlisi 2015-yil aprel oyida jamoatchilik uchun ochilgan, muzey esa toʻliq 2016-yil 26-avgust kuni ishga tushirilgan.
Arxitekturasi Muzey adabiyot bogʻi va olti binodan iborat boʻlib, ular: doimiy ekspozitsiya mavzuli ekspozitsiya bolalar adabiyoti ustaxonalar va maʼruzalar mavzuli ovqatlanish hududi maʼmuriy idora
Transport Muzeyga Tayvan tezyurar temiryoʻlining Taichung vokzalidan yoki Tayvan temir yoʻllarining Taichung vokzalidan avtobusda yetib borish mumkin.
Manbalar
Turkum:Tayvandagi muzeylar