Tayvan ananas muzeyi () — Tayvanning Gaosyun shahri, Dashu tumanida joylashgan ananas muzeyi.
Tarixi Muzey 1925-yilda qurilgan va keyinchalik qayta taʼmirlangan zavod binosida joylashgan boʻlib, u Jioucyutang Taifang kompaniyasi deb atalgan. Ushbu zavod atrofdagi xoʻjaliklarda yetishtirilgan ananaslarni konservalagan. 2004-yilda zavod binosi Gaosyun okrugi hukumati tomonidan tarixiy yodgorlik sifatida roʻyxatga olingan. Keyinchalik bino rekonstruksiya qilinib, 2018-yil avgust oyida Tayvan ananas muzeyi sifatida qayta ochilgan.
Koʻrgazmalar Muzeyda Jioucyutang Taifang kompaniyasi va Dashu tumani tarixi namoyish etiladi. Shuningdek, mintaqadagi qishloq xoʻjaligi faoliyatiga, ayniqsa ananas sanoatiga oid umumiy maʼlumotlar koʻrsatiladi. Muzey fondida kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan 50 dan ortiq konservalangan ananas yorliqlari toʻplami mavjud.
Transport Muzeyga Tayvan temir yo‘llarining Jiuqutang bekatidan shimol tomonga piyoda yurish orqali borish mumkin.
Manbalar
Turkum:Tayvandagi muzeylar