STV teleradiokompaniyasi () — Oʻzbekistondagi ilk mustaqil televideniye va radiokompaniya, Samarqand shahrida faoliyat yuritgan. 1987-yilda tashkil etilgan, 1991-yil avgust oyida rasman roʻyxatdan oʻtkazilgan. Oʻzbekiston Respublikasidagi birinchi mustaqil telekanal hamda umuman olganda ilk mustaqil ommaviy axborot vositasi.
Tarixi 1987-yilda Samarqanddagi 16-poligrafiya bilim yurtida oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari boʻlib faoliyat yuritayotgan Firdavs Abduxoliqov avvalroq tashkil etilgan talabalar televideniye studiyasi tajribasiga tayangan holda mustaqil telekompaniya ochish gʻoyasini ilgari surgan. Viloyat komsomol qoʻmitasi huzurida yoshlarni muvofiqlashtirish markazi tashkil etilgan. Ushbu markazning asosiy vazifasi hududiy televideniye tashkil etish loyihasini amalga oshirishdan iborat edi. 1990-yil avgust oyida mahalliy hokimiyat organlari tomonidan studiya negizida „TKS“ (Samarqand televideniye kompaniyasi) jamoat telekompaniyasi uchun yoshlar markazini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Yangi telekanalning ilk koʻrsatuvi 1991-yil 21-mart kuni efirga uzatilgan. 1991-yil 15-maydan boshlab esa Samarqand shahri hamda Samarqand viloyati boʻylab (taxminan 3 million aholini qamrab olgan holda) muntazam teleradioeshittirish yoʻlga qoʻyilgan. 1992-yil may oyida „TKS“ boshqa bir raqobatchisi bilan birlashib, „STV“ telekanali tashkil etilgan. Mazkur telekanal, shuningdek, Oʻzbekistonda keyinchalik paydo boʻlgan boshqa nodavlat telekanallar singari sovet hokimiyati davrida cheklovlarga uchragan milliy va madaniy anʼanalarni qayta tiklashda muhim oʻrin tutgan.
Telekanal umumiy yoʻnalishdagi (generalistik) efir siyosatiga ega boʻlgan. Asosiy kontentni viloyatda ishlab chiqarilgan materiallar: hududiy yangiliklar, reportajlar, tahliliy va axborot dasturlari tashkil etgan. Shuningdek, oʻzbek va rus tillarida badiiy filmlar ham namoyish qilingan. 1992-yilda telekompaniya „Samarqand-STV“ deb qayta nomlangan. 1996-yilda STV tahririyati ostida „Darakchi“ axborot va koʻngilochar gazetasi nashr etila boshlagan.
1994-yilda telekanal Rossiyaning TV-6 kanalini retranslyatsiya qilish boʻyicha eksklyuziv huquqni qoʻlga kiritgan.
STV, shuningdek, NTT bilan hamkorlikda ham faoliyat yuritgan.
2000-yilda FM 104.5 chastotasida radioeshittirishlar yoʻlga qoʻyilgan va kompaniya „STV“ teleradiokompaniyasi deb qayta nomlangan. Internet rivojlanishi bilan STV.uz rasmiy axborot veb-sayti ishga tushirilgan, keyinchalik esa ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar hamda YouTube kanali tashkil etilgan. STV telekanalining efirga uzatilishi 2018-yil 27-iyulda toʻxtatilgan. Yopilish sababi sifatida „Men afsonaman“ filmidagi zoʻravonlik sahnalari hamda „Sausage Party“ filmidagi pornografik mazmundagi sahnalar efirga uzatilgani koʻrsatilgan boʻlib, mazkur filmlar soat 9:00 da bolalar auditoriyasiga moʻljallangan vaqtda namoyish etilgan.
Dasturlar Televideniye Bolalar soati — multfilmlar dasturi; Davlat va jamiyat — ijtimoiy muammolarga bagʻishlangan dastur; Mohiyat — „Zarafshon“ („Samarqand xabarnomasi“) gazetasi bosh muharriri Farmon Toshev tomonidan olib borilgan dastur; 100% yoshlar uchun — yoshlar va vatanparvarlikka oid dastur; Shomi Samarqand — madaniy-maʼrifiy dastur. Kanalning ilk dasturlaridan biri boʻlib, 1991-yildan efirga uzatilgan; Xabarlar — yangiliklar dasturi; Teleinform va telemarket — tijoriy dasturlar.
Radio Xabarlar — yangiliklar dasturi.
Havolalar
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston telekanallari Turkum:Oʻzbekistonda televideniye Turkum:1191-yilda tashkil etilgan teleradiokanallar