Nora Maria Attal kelib chiqishi marokashlik boʻlgan britan moda modeli. U British Vogue, Vogue Arabia, va Vogue jurnallarining sentabr soni muqovasida suratga tushgan. 2019-yil yanvar oyida Attal eng yaxshi 50 model qatoriga kiritilgan va 2022-yilda models.com tomonidan „Icon“ (Ikona) sifatida roʻyxatga olingan. U dunyo moda sanoatini shakllantirayotgan Business of Fashion 500 roʻyxatiga kiritilgan.

Hayoti va taʼlimi Attal marokashlik juftlik Sharhabil va Bushra oilasida tugʻilgan. U Batterseada ulgʻaygan, keyinroq esa Surreyga koʻchib oʻtgan. Attal Ewell Castle Schoolda oʻqigan va u yerda tarix, psixologiya hamda sanʼat fanlari boʻyicha A Level imtihonlarini topshirgan. Keyinchalik u Los-Anjelesdagi Baron Brown Studio oʻquv maskanida tahsil olgan.

Faoliyati Attalni fotosuratchi Jamie Hawkesworth uning maktabida oʻtkazilgan JW Anderson reklama kampaniyasi uchun kasting davomida kashf etgan.

U Alexandra Shulman bosh muharrirligi davridagi soʻnggi British Vogue muqovasida Kate Moss, Stella Tennant, Eddie Campbell va Jean Campbell bilan birga suratga tushgan.

U Chanel, Fendi, Gucci, Prada, Valentino, Dior, Tom Ford, Dolce & Gabbana, Ferrari, MaxMara, Elie Saab, Acne Studios, Burberry, Loeve, Oscar de la Renta, Jason Wu, Stella McCartney, Coperni, Couregge, Nina Richchi, Chloé, Altuzarra, Selin, Prabal Gurung, Longchamp, Tommy Hilfiger, Mary Katrañzu, Hermes, Roberto Cavalli, Michael Kors, Sonia Rykiel va Alexander McQueen uylarining podiumlarida qatnashgan.

2016-yilda models.com uni „Top Newcomer“ („Eng yaxshi yangi model“) sifatida baholagan.

Shaxsiy hayoti 2020-yil holatiga koʻra, Nora Attal Gʻarbiy Londonda yashaydi. U Ekvadordan boʻlgan rejissor va operator Viktor Bastidasga Malaga shahrida turmushga chiqqan. Bu turmush 2022-yildan 2024-yilgacha davom etgan.

Manbalar