Sirindhorn muzeyi (yoki Sirindhorn dinozavrlar muzeyi) () — shimoli-sharqiy Tailanddagi geologiya muzeyi. U Non Buri qishlogʻida, Saxatsaxan tumani, Kalasin viloyatida joylashgan.

Tavsifi Dinozavr qazilmalari 1994-yilda Wat Sakavan monastiri abboti Fra Kru Vichitsahassakun tomonidan Phu Kum togʻida (Phu Kum Khao) topilgan. Keyingi yil Mineral resurslari departamenti tadqiqotchilari qazilmalarni oʻrgandilar va bu joy Tailanddagi eng katta oʻtxoʻr dinozavrlar manzili ekani aniqlandi. Qazilmalarning koʻp qismi 120 million yil avval yashagan sauropodlarga tegishli.

Muzey loyihasi 1995-yilda boshlangan. Muzey uning ochilish marosimida raislik qilgan malika Maxa Chakri Sirindhorn sharafiga nomlangan, ochilish marosimi 1998-yil dekabrida boʻlib oʻtgan.

Muzey 8 ta turli koʻrgazma zonalariga boʻlingan: Yer va koinotning kelib chiqishi; tirik mavjudotlarning kelib chiqishi; paleozoy davri; mezozoy davri, tay dinozavri; Tailanddagi dinozavrlar; dinozavrga jon baxsh etish; kaynozoy davri; inson.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Tailanddagi muzeylar