Tamara Todevska (; talaffuzi ; 1985-yil 1-iyunda tugʻilgan) - Tamara nomi bilan tanilgan makedoniyalik qoʻshiqchi. Ikki marotaba Yevrovideniye qoʻshiq tanlovida Shimoliy Makedoniya nomidan ishtirok etgan. 2008-yilda Vrčak va Adrian Gaxha bilan birga „Let Me Love You“ qoʻshigʻini ijro etgan, biroq finalga chiqa olmagan. 2019-yilda esa „Proud“ qoʻshigʻi bilan finalda 7-oʻrinni egallab, ushbu tanlovda Shimoliy Makedoniya tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgan.

Tamara 2003-yilda oʼzining „Sino“ deb nomlangan ilk musiqiy albom chiqargan. Faoliyati davomida 2006-yilda MAKFest va 2007-yilda Skopye Fest kabi turli musiqiy tanlovlarda gʻolib boʻlgan.

Todevska qoʻshiqchi Tijana Dapčevićning singlisi boʻlib, ular bir necha bor hamkorlik qilishgan.

Hayoti Tamara Todevska 1985-yilda Skopye shahrida tugʻilgan. U musiqachilar oilasida ulgʻaygan. Otasi Velko Todevski musiqa maktabida professor, onasi Brana esa opera qoʻshiqchisi sifatida faoliyat olib boradi.

2015-yil 27-iyunda Tamara sobiq basketbolchi Aleksandar Dimitrovskiga turmushga chiqqan . Ularning Xana ismli bir qizi va Daren ismli bir oʻgʻli bor. Juftlik nikohdan 7 yil oʻtib ajrashgan.

Manbalar

Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:21-asr makedoniyalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Shimoliy Makedoniyada LGBT huquqlari faollari