Shahzoda Mehmed Oʻrxon afandi (), shuningdek, Mehmed Oʻrxon Osmanoğlu (1909-yil 12-oktyabr — 1994-yil 12-mart) — Usmoniylar shahzodasi, 1983-yildan 1994-yilgacha Usmoniylar xonadonining 42-boshligʻi. Albaniya qiroli Zog I ning maslahatchisi boʻlib xizmat qilgan, Shahzoda Ali Vosibning vafotidan soʻng, 1983-yil 9 dekabrda Usmoniylar xonadoni boshligʻi lavozimini egallagan.
Yoshligi
Shahzoda Mehmed Oʼrxon 1909-yil 12-oktyabrda Üsküdarda tugʻilgan. Ammasi Oysha Sultonning aytishicha, u Naime Sulton saroyida dunyoga kelgan. Uning otasi Abdulhamid II va Bidar Sultonning oʻgʻli Shahzoda Mehmed Abdulqodir, onasi esa Mehribon xonim boʻlib, onasi etnik jihatdan abxaz edi. 1913-yilda ota-onasi ajrashgach, Mehmed Oʼrxon onasi bilan amakisinikiga ketgan. Soʼngra Galatasaroy litseyi va Robert kollejiga oʻqishga kirgan.
Surgundagi hayoti 1924-yil mart oyida Usmoniylar oilasi surgun qilingach, Mehmed Oʼrxon Vengriyaning Budapesht shahriga joylashdi. Soʼngra u amakisi bilan Livanning Bayrut shahrida, undan keyin ammasi Naime Sulton huzuriga borib, Fransiyaning Nice shahrida yashadi. Bu yerdan keyinchalik Argentinaning Buenos Ayres shahriga koʻchib oʻtdi va u yerda ikki yarim yil istiqomat qildi.
Mehmed Oʼrxon Braziliyaning San-Paulu shahrida sanʼat galereyasida kema quruvchi va surat sotuvchi, Bayrut hamda Damashqda taksi haydovchisi, Amerika Qoʻshma Shtatlarida qabriston xizmatchisi, shuningdek, Albaniya qiroli Zog I ning maslahatchisi boʻlib ishlagan.
1983-yilda Shahzoda Ali Vosibning vafotidan soʻng u Fransiyaning Nice shahridagi uyidan turib Usmoniylar uyining boshligʻi sifatida xizmat qilgan. 1990-yilda „Life“ () jurnalidagi maqolada u oʻz merosini „ham muqaddas, ham kulgili“ ekanini aytgan va: „Usmoniy boʻlish — bu vaqt bilan nafas olishni bilishdir“, — degan"Kings in the Wings." Life. March 1990: 45..
Shaxsiy hayoti Mehmed Oʼrxonning birinchi rafiqasi Nofiya xonim edi. U Yeğen oilasidan Ali Rizo bey va uning rafiqasi Nimet xonimning uchinchi qizi edi. Ular 1932-yilda turmush qurishdi. 1933-yilda ularning birinchi farzandi Fotima Necla Sulton ismli qizi dunyoga keldi. 1933-yilda juftlik ajrashgach, Nofiya xonim Misr shahzodasi Abbos Halimga turmushga chiqdi. Uning katta opasi Barkamol xonim 1973-yildan 1977-yilgacha Usmoniylar sulolasining 40-boshligʻi Shahzoda Mehmed Abdulazizga turmushga chiqqan va Hurram Sulton ismli qiz farzand koʼrgan.
Uning ikkinchi rafiqasi fransuz ayoli Marguerite xonim Fournier edi. Ular 1940-yilda Parijda turmush qurishdi. 1943-yilda ularning oʼgʼli Shahzoda Mehmed Salim Osmanoğlu dunyoga keldi. Biroq juftlik 1945-yilda ajrashdi.
Oʼrxonning uchinchi rafiqasi Francesca xonim Franchetti boʻlib, u italiyalik baronning qizi edi. Ular 1945-yildan keyin turmush qurishdi va 7 yildan soʻng ajrashishdi. Ularning Ayten Sulton ismli qizi boʻlgan.
Vafoti Mehmed Oʼrxon 1994-yil 12-martda Fransiyaning Nice shahrida 84 yoshida vafot etdi. Ikki kundan soʻng 14-mart kuni Nicedagi Sharqiy qabristonga dafn etildi. 2010-yilda Nice munitsipaliteti uning qabrdagi suyaklarini olib, oʻsha qabristondagi 3-raqamli ossuariyga joylashtirdi. Bunday qilinishiga dafn joyidan foydalanish litsenziyasi yillar davomida toʻlanmagani va oila aʼzolari bilan bogʻlanib boʻlmagani sabab sifatida keltirilgan.
Farzandlari Mehmed Oʼrxonning ikki oʻgʻli va ikki qizi bor edi: Fotima Necla Sulton Osmanoğlu (1933-yil 14-sentyabr, Qohira — 2010-yil, Syurix) — Nofiya xonim bilan nikohida tugʼilgan qizi, Damat … Germann bilan turmush qurib, ikki oʻgʻil koʻrgan: Sultonzoda Mehmed Erol Germann (1952-yilda tugʼilgan); Sultonzoda Usmon Cem Germann (1963-yilda tugʻilgan); Shahzoda Mehmed Salim Osmanoğlu (1943-yil 3-oktyabr Parijda tugʼilgan) — Marguerite Fournier bilan nikohidan tugʼilgan oʼgʼli, turmush qurgan va bir qizi bor: Claris Sulton Osmanoğlu (1971-yilda tugʻilgan). Ayten Sulton Osmanoğlu (1940-yillarda tugʼilgan) — Francesca Franchetti bilan nikohidan tugʼilgan qizi, turmushga chiqmagan va farzandsiz; Shahzoda Ali Xon Oʼrxon afandi (1962-yil 12-noyabr Braziliyada tugʻilgan) — Anna Gomes Pereira Alcalai bilan nikohidan tugʼilgan oʼgʼli.
Nasabi
Yana qarang Sobiq Usmonli taxtiga vorislik tartibi
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1909-yilda tugʻilganlar Turkum:1994-yilda vafot etganlar Turkum:Usmoniylar imperiyasi shahzodalari