Shahzoda Ahmad Nihod afandi (; 1883-yil 5-iyulda tugʼilgan — 1954-yil 4-iyunda vafot etgan) — keyinchalik Ahmad Nihod Osmanoğlu ism-familiyasini olgan Usmoniylar shahzodasi, Shahzoda Mehmed Salohiddinning oʻgʻli va sulton Murod V ning nabirasi. 1944-yildan 1954-yilgacha Usmoniylar uyining 38-boshligʻi.
Yoshligi Ahmad Nihod 1883-yil 5-iyulda Çırağan saroyida tugʻilgan. U sulton Murod V va Reftarıdil Kadınning oʻgʻli Shahzoda Mehmed Salohiddin va Naziknaz xonimning oʼgʼli boʼlgan. Uning oʻzidan 2 yosh katta Behiye Sulton ismli opasi va 4 yosh kichik Behice Sulton ismli singlisi boʻlgan, biroq u oʻlik tugʻilgan. Ahmad butun bolalik davrini Çırağan saroyida tutqunda oʻtkazgan. Ushbu saroy 1876-yilda taxtdan agʻdarilgan bobosi sulton Murod uchun majburiy qarorgoh boʻlib xizmat qilgan, uning oʻrniga ukasi sulton Abdulhamid II taxtga chiqqan. Sobiq sultonga qoʻyilgan cheklovlar uning butun oilasiga ham tatbiq etilgan va 1904-yilda vafotiga qadar bekor qilinmagan. 1891-yilda Shahzoda Ahmad Nihod sulton Abduhamidning oʻgʻillari Shahzoda Mehmed Abdulqodir, Shahzoda Ahmad Nuri va Shahzoda Mehmed Burhoniddin bilan birga sunnat qilingan.
Bobosining vafotidan soʻng Ahmed Nihod Çırağan saroyidagi majburiy tutqunlikdan ozod boʼlib, Feneryoludagi otasiga tegishli villada yashagan. Keyin u Çırağan saroyi tepasida Qilich Ali qiyaligi bilan Serencebey qiyaligi kesishgan joyda joylashgan oʻz saroyiga koʻchib oʻtgan. Ahmad Nihod Tavfiq Fikretdan rasm va tarix boʻyicha saboq olgan. Shuningdek, fransuz tilini shoir Nigor xonimning oʻgʻli, Robert kolleji oʻqituvchisi Feridun Beydan oʻrgangan. U, shuningdek, Kurbağalıderedagi otasining villasida va Beylerbeyi saroyida ham yashagan. 1918-yilga kelib Ahmad Nihod Usmoniylar armiyasida piyoda qoʻshinlar polkovnigi sifatida xizmat qilgan.
Shaxsiy hayoti Ahmad Nihodning birinchi rafiqasi Safiru xonim edi. U 1884-yil 15-avgustda Izmirda tugʻilgan. Ular 1902-yil 7-fevralda sulton Murod oilasi tutqunlikda saqlanib turgan paytda Çırağan saroyida turmush qurishgan. Safiru xonim 1903-yil 3-oktyabrda oʻgʻli shahzoda Shahzoda Ali Vosibni dunyoga keltirgan. Ali Vosib oilaning Çırağandagi tutqunlik davri yakunlanishidan (1904-yil) bir yil avval tugʼilgan. 1924-yil mart oyida Safiru xonim eri Ahmad Nihod va oʻgʻli Ali Vosib bilan surgunga joʼnagan. U 1975-yil 15-noyabrda Misrning Iskandariya shahrida vafot etgan.
Shahzoda Ahmad Nihodning ikkinchi rafiqasi Nezihe xonim edi. U 1890-yilda Cherkasiyada tugʻilgan. Uning onasi sulton Murodning haramida bosh xalfa boʻlgan Fotma Şazende xonim edi. Nihod 1915-yil 10-aprelda Nezihening oʻgay singlisi Nevrestan bilan turmush qurgach, Nezihe 1916-yilda eri bilan ajrashgan. Keyin Nezihe xonim Usmoniylar zobiti Ali Fehmi Doğrusözga turmushga chiqib, Feridun Doğrusöz ismli oʻgʻil koʻrgan. 1934-yilda „Familiya toʼgʼrisidagi qonun“ga muvofiq Nezihe „Doğrusöz“ familiyasini olgan. Nezihe xonim 1972-yil 24-noyabrda Istanbulda vafot etgan.
Ahmadning uchinchi rafiqasi Nevrestan xonim boʼlgan. U 1893-yilda Adapazarıda tugʻilgan. Uning otasi Tohir Bey Atzamba Usmoniylar armiyasidagi abxaz millatiga mansub zobit, onasi esa Fotma Şazende xonim boʼlgan. Nevrestanning Aziz Bey ismli bir akasi boʻlgan. Fotma Şazende xonim ikki marta turmushga chiqqan, Tohir Bey uning ikkinchi eri boʻlgan, Nevrestan esa Nezihening oʻgay singlisi hisoblanadi. Shahzoda Ahmad Nihod va Nevrestan 1915-yil 10-aprelda turmush qurishgan. 1924-yil mart oyida u Nihod bilan surgunga ketgan. Usmoniylar sulolasining ayol aʼzolariga 1952-yilda Turkiyaga qaytishga ruxsat berilgach, Nevrestan Istanbuldagi Serecebeyga koʻchib oʻtgan. Familiya qonuniga muvofiq u „Osmanoğlu“ familiyasini olgan. Nevrestan xonim 1983-yilda vafot etgan.
Surgun 1924-yil mart oyida Usmoniylar oilasi surgun qilinganda Ahmad Nihod, uning ikki rafiqasi va oʻgʻli avval Vengriyaning Budapesht shahriga, soʻng Fransiyaning Nice shahriga yoʻl olishgan. Bu yerda ular shahzodaning Boulevard Cartondagi villasida yashashgan. Soʻng oila Livanning Bayrut shahriga koʻchishgan va Ahmad umrining qolgan qismini shu yerda oʻtkazgan.
Ahmad Nihod 1944-yil avgustida Abdulmajid II ning vafotidan soʻng surgundagi imperiya oilasining boshligʻiga aylandi. Bu qarorlar shahzoda Amr Ibrohimning uyida oʻtkazilgan yigʻilishda kengash tomonidan qabul qilingan va unga yozma ravishda xabar qilingan. Ammo Shahzoda Umar Faruk uni oila boshligʻi sifatida tan olmadi. Boshqa tomondan, Umar Faruknning rafiqasi Sabiha Sulton ham kengash qarorini qoʻllab-quvvatlab, yetakchi tanlovini maʼqulladi. Faqat Sulton Abdulazizning nabiralari — Hadicha Shukriya Sulton, Mehrishoh Sulton va Shahzoda Mehmed Abdulazizgina Shahzoda Umar Farukning tomonida boʻlishdi. Neslişah Sultonning soʼzlariga koʻra, Ahmad Nihod halol, muloyim va xushmuomala inson boʻlgan, biroq u kun boʻyi hech bir ish bilan shugʼullanmay, vaqtini kursida oʻtirib oʻtkazar edi. Bundan tashqari, u bunday rolni (oila boshligʼi) bajarish salohiyatiga ega emas edi. Neslişahning aytishicha, oilada hammaning muammolariga doim eʼtibor bergan Umar Faruk oʻzini oila boshligʻi sifatida koʼrgan.
1945-yilda Ahmad Nihod insult boʼlib, nogiron boʻlib qoldi. Soʻnggi kunlarini oddiy jihozlangan kamtarona uyda, toʻshak oʻrnida ishlatiladigan gilam yopilgan divanda oʻtkazdi. Xonadagi yagona bezak devorga osilgan Turkiya bayrogʻi edi. U tez-tez bandargohni tomosha qilib, Turkiya bayrogʻini koʻtargan kema portga kirgan-kirmaganini tekshirib turar edi. Uni koʻrganida, bayroqni yaqindan tomosha qilish uchun qirgʻoqqa tushardi.
Vafoti
Shahzoda Ahmad Nihod 1954-yil 4-iyunda vafot etgan va Suriyaning Damashq shahridagi Sulaymoniya takyasi qabristoniga dafn etilgan.
Unvonlari Usmoniylar mukofotlari Usmoniylar uyi ordeni Usmoniya ordeni Majidiya ordeni Liakat urushi oltin medali Imtiyoz kumush harbiy medali
Xorijiy unvonlar : Leopold ordenining Buyuk xochi, 1918-yil 6-iyun
Harbiy lavozimlari Harbiy unvonlar va armiyadagi lavozimlari Usmoniylar armiyasi Piyoda qoʻshinlar polkovnigi, 1918-yil
Farzandlari Ism Tugʻilgan Vafot etgan Izohlar Safiru xonimdan (1884–1975) Shahzoda Ali Vosib 1903-yil 13-oktyabr 1983-yil 9-dekabr Çırağan saroyida tugʻilgan. Shahzoda Umar Hilmi va Gülnev xonimning qizi Mukbile Sultonga uylangan. Misrning Iskandariya shahrida vafot etgan.
Nasabi
Yana qarang Sobiq Usmoniylar taxti uchun vorislik tartibi
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
Shajara, Sulton Mahmud II avlodlari. Olingan sana: 2011-02-28. Heirs of Europe, Turkey. Olingan sana: 2019-06-09.
Turkum:1883-yilda tugʻilganlar Turkum:1954-yilda vafot etganlar Turkum:Sulaymoniya takyasining qabristonida dafn qilinganlar Turkum:Usmoniylar imperiyasi shahzodalari Turkum:Usmoniylar armiyasi ofitserlari