Yuliya Mariya Schneider-Niementovska, Ulyana Kravchenko taxallusi bilan tanilgan (1860-yil 18-aprel — 1947-yil 31-mart) ukrainalik oʻqituvchi, yozuvchi va oʻz sheʼrlar toʻplamini nashr ettirgan birinchi Gʻarbiy ukrainalik ayol edi.
Hayoti Ulyana Kravchenko Mykolayivda tugʻilgan, hozirda u Lvov viloyatining Striy tumani tarkibiga kiradi. U bolaligini Lvovda oʻtkazgan va oʻqituvchilar seminariyasida tahsil olgan. Otasi tuman idorasida ishlagan Yulian Schneider, onasi esa Yuliya Lopushanska edi.
Ulyana Kravchenko ilk sheʼriy ishlarini polyak va ukrain tillarida oʻzining ustozi rahbarligida amalga oshirgan. Seminarni tugatgach, Ulyana Kravchenko Bobrka shahrida oʻqituvchilik faoliyatini boshlaydi. Uning ilk nashr etilgan asari Zoriya jurnalida chiqqan hikoya edi. Ulyana Kravchenko Galitsiyadagi ukrain ayollar harakatida faol ishtirok etgan. Ayollar ozodligi uning sheʼriyatidagi asosiy mavzulardan biri boʻlib, u ayollar harakatining yetakchisi sifatida qaralgan. U, shuningdek, Galitsiyadagi ilk ayol oʻqituvchilardan biri edi. 1885-yilda Ivan Frankoning saʼy-harakatlari bilan u Lvovda ishga joylashadi, biroq oʻsha yilning oʻzida sotsialistik gʻoyalarni targʻib qilgani uchun ishdan boʻshatiladi. Shundan soʻng 1900-yilgacha Galitsiyaning turli qishloqlarida oʻqituvchi boʻlib ishlaydi. 1920-yilda Ulyana Kravchenko nafaqadagi oʻqituvchi sifatida doimiy yashash uchun Przemislga koʻchib oʻtadi. 1941-yilda u Sovet yozuvchilari ittifoqida ijodiy faoliyat bilan, shuningdek Przemisl shahar milliy kengashi aʼzosi sifatida ijtimoiy ishlar bilan shugʻullana boshlaydi.
Shaxsiy hayoti 1886-yil 22-noyabrda u Dolishnya Lujok qishlogʻi maktabi mudiri Yan Ambrojiy Nyementovskiyga turmushga chiqdi. Ularning uch farzandi boʻlgan: oʻgʻli Jerzy va qizlari Teodora hamda Yuliya. Jerzy polyak tilida ijod qilgan rassom va shoir boʻlib, 1918-yil 28-noyabrda polyak militsiyasini tashkil etish jarayonida, polyak-ukrain urushi davrida, 29 yoshida ukrainlar tomonidan Yavorivda oʻldirilgan.
Vafoti Ulyana Kravchenko Przemisl shahrida 86 yoshida vafot etgan.
Tanlangan asarlari Manba:. Prima vera, sheʼrlar (1885) Na novyi shliakh („Yangi yoʻl sari“), sheʼrlar (1891) Prolisky („Oqqand gullari“), bolalar sheʼrlari (1921) V dorohu („Yoʻlga chiqibmiz“), bolalar sheʼrlari (1921) Lebedina pisnia („Oʻlim oldi qoʻshigʻi“), bolalar sheʼrlari (1924) V zhitti ie shchos’ („Hayotda nimadir bor“), sheʼrlar (1929) Dlia neï—vse! sheʼrlar (1931) Shelesti nam barvinochku („Biz uchun shitirla, zirkchagul“), bolalar sheʼrlari (1932) Moï tsvity („Mening gullarim“), nasriy toʻplam (1933) Zamistʼ avtobiohrafiï („Avtobiografiya oʻrniga“), xotiralar (1934) Spohadi uchitel’ki („Oʻqituvchi xotiralari“), xotiralar (1935) Vybrani poeziï („Tanlangan sheʼrlar“), sheʼrlar (1941) Xrizantemi („Xrizantemalar“), avtobiografik qissa (1961)
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Ukrainalik ayol aktivistlar Turkum:Ukrainalik feministlar Turkum:Ukrainalik ayol yozuvchilar