Natalliya Stsiapanauna Vasilevich (; 1982-yil 15-martda tugʻilgan) — belaruslik inson huquqlari faoli va teolog. Belarusdagi ekumenik harakatning yetakchi aʼzolaridan biri boʻlib, diniy erkinlik hamda cherkovlarning ijtimoiy masʼuliyati borasida olib borgan targʻiboti bilan tanilgan. Hozirda nasroniy inson huquqlari guruhi Nasroniy qarashlar guruhining moderatori sifatida faoliyat yuritadi.
Yoshligi Natallya Vasilevich 1982-yil 15-martda Minskda tugʻilgan. U yerda Yakub Kolas nomidagi Gumanitar litseyda oʻqib, 1999-yilda oʻqishni tamomlagan. U 1999–2004-yillarda Belarus davlat universitetining yuridik fakultetida siyosatshunoslik boʻyicha tahsil olgan. Keyinchalik Vasilevich 2005-yilda siyosatshunoslik yoʻnalishida magistr darajasini, 2008-yilda esa yana shu yoʻnalish boʻyicha PhD darajasini olgan. Oʻqishni tugatgach, u Belarus huquqiy tadqiqotlar institutida huquq nazariyasi va tarixi boʻlimida professor sifatida faoliyat yurita boshlagan.
2014-yilda Natallya Vasilevich Germaniyadagi Bonn universitetida ekumenik tadqiqotlar boʻyicha magistr darajasini olgan. 2015-yildan esa ayna shu universitetning falsafa fakultetida doktorant sifatida tahsil olgan. 2025-yilda u Pravoslav cherkovining Muqaddas va Buyuk Kengashining kengashgacha boʻlgan jarayoni haqidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Yozuvchilik faoliyati 2002–2019-yillar oraligʻida Vasilevich „Pani z kadzilam“ nomli blog yuritgan. Ushbu blogda cherkov hayoti, eʼtiqod masalalari va ijtimoiy faollik haqida yozgan. Vasilevich siyosat, inson huquqlari, diniy erkinlik, davlatda cherkovning roli hamda 2020–2021-yillardagi Belarus norozilik namoyishlari kontekstida nasroniy jamoalarining roli haqida turli maqolalar yozgan. Uning tadqiqotlari din sotsiologiyasi, fuqarolik faolligi teologiyasi va ekumenik muloqotga qaratilgan.
Manbalar
Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:Belaruslik inson huquqlari faollari Turkum:Belarus davlat universiteti bitiruvchilari Turkum:Bonn universiteti bitiruvchilari Turkum:Yashayotgan insonlar