Jusup Turusbekov (1910-yil 24-dekabr, Kun-Batish qishlogʻi, Yettisuv viloyati, Rossiya imperiyasi — 1944-yil, Kalinin fronti) — qirgʻiz va sovet shoiri, dramaturg. „Hurmat belgisi“ ordeni sohibi. Sovet yozuvchilarining birinchi syezdi delegati. Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi.

Tarjimayi holi Jusup Turusbekov 1910-yil 24-dekabrda Kun-Batish qishlogʻida bugʻu qabilasining qidiq urugʻining xudobaqti kichik urugʻida tugʻilgan. Ota-onasidan erta ayrilgan, 10 yoshidan boshlab Tupdagi maktab-internatda tarbiyalangan. Tupda qishloq xoʻjaligi texnikumida oʻqigan, 1928-yilda Frunze shahriga ketgan. Turusbekov „Qizil Qirgʻiziston“ respublika gazetasida musahhih boʻlib ishlagan, keyin gazeta boʻlim mudiri, „Leninchil-Jash“ yoshlar gazetasi muharriri, Qirgʻiziston nashriyoti muharriri, Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi va Qirgʻiziston drama teatri direktori boʻlgan, „Qizil uchqun“ adabiy toʻgaragida ishtirok etgan. 1928—1931-yillarda Tverdagi sovet partiya maktabida oʻqigan, taʼtil paytida „Leninchil Jash“ gazetasida muharrir boʻlib ishlagan. 1930-yilda VKP (b) aʼzoligiga qabul qilingan. Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, 1941-yilda frontga ketgan, okoplarda yozishni davom ettirgan. 1944-yil aprel oyida Kalinin frontida halok boʻlgan. Xotini Qulsun Moldaxmatova, pedagogika texnikumini tamomlagan. Uch nafar farzandlari boʻlishgan, katta qizi Lilya (1933—2001) kinorejissyor, Qirgʻiziston SSRda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1979).

Ijodiy faoliyati Jusup Turusbekov 1928-yildan adabiy faoliyat bilan shugʻullana boshlagan, „Jusup sheʼrlari“ (1932), „Quvnoq yoshlar“ (1933), „Vatan“ (1938) toʻplamlari, „Oʻlim emas, hayot“ (1935), „Besh Moʻynoq voqealari“ (1937) pyesalari muallifi. 1939-yilda K. Malikov va J. Boqonboyev bilan birgalikda „Aychurek“ operasining librettosini yozgan. Turusbekov tarjima bilan ham shugʻullangan, Aleksandr Pushkinning „Kichik fojialar“ turkumidan „Tosh mehmon“ pyesasini, Heinrich Heine va boshqalarning asarlarini qirgʻiz tiliga tarjima qilgan. Sovet yozuvchilarining birinchi syezdi ishtirokchisi boʻlgan. „Qaroqchi fojiasi“ poemasini frontdan dala pochtasi orqali „Qizil Qirgʻiziston“ gazetasi tahririyatiga yuborgan, asar 1942-yilda nashr etilgan.

Mukofotlari Jusup Turusbekov „Hurmat belgisi“ ordeni (1939-yil 31-yanvar) bilan taqdirlangan.

Xotira Jusup Turusbekov nomi bilan koʻcha va kutubxona nomlangan.

Manbalar

Turkum:Qirgʻiziston shoirlari Turkum:Sovet shoirlari Turkum:Sovet tarjimonlari Turkum:Rus tilidan tarjimonlar Turkum:SSSR muharrirlari Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Turkum:1944-yilda vafot etganlar