Alvin Eliot Roth (1951-yil 18-dekabrda tugʻilgan) — amerikalik akademik. U Stanford universitetining Kreyg va Syuzan Makkaw iqtisodiyot professori va Harvard universitetining iqtisodiyot va biznes boshqaruvi boʻyicha Gund professor emeritusidirAl Roth’s Game Theory, Experimental Economics, and Market Design Page (qaraldi 2013-27-04).. U 2017-yilda „Amerika iqtisodiyot assotsiatsiyasi“ prezidenti boʻlganPast Presidents.

Roth o‘yinlar nazariyasi, bozor dizayni va eksperimental iqtisodiyot sohalariga muhim hissa qoʻshgan va iqtisodiy nazariyani „real dunyo“ muammolarining yechimlariga qoʻllashga boʻlgan urgʻusi bilan tanilganSusan Adams, „Un-Freakonomics: A Harvard professor uses economics to save lives, assign doctors and get kids into the right high school.“ Forbes, August 9, 2010.Leon Neyfakh, „The Matchmaker: The Harvard economist who stopped just studying the world and began trying to fix it“ , The Boston Globe, April 3, 2011..

2012-yilda u Lloyd Shapley bilan birgalikda „barqaror taqsimotlar nazariyasi va bozor dizayni amaliyoti uchun“ Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofotini qoʻlga kiritdiThe Sveriges Riksbank Prize in Economic Sciences in Memory of Alfred Nobel 2012, Nobel mukofoti rasmiy sayti (qaraldi 2012-10-15)..

Hayoti va faoliyati

Alvin Roth Nyu-York shahrining Kuins tumanida Ernest va Lillian Roth oilasida tugʻilgan, ikkalasi ham davlat oʻrta maktabi o‘qituvchilari va yahudiy edi. Roth akasi Ted Rothga ergashib Columbia universitetining „Science Honors“ dasturida qatnashdi, bu dastur oʻrta maktab va yuqori sinf oʻquvchilariga shanba kunlari darslar taklif qilgan va oʻrta maktabni tamomlamagan holda 1968-yil kuzida 16 yoshida Kolumbiyaning muhandislik maktabiga oʻqishga kirdi.

Roth Columbia universitetining muhandislik va amaliy fanlar maktabini 1971-yilda „Operatsiyalarni tadqiq qilish“ boʻyicha bakalavr darajasi bilan tamomlagan. Keyin u Stanford universitetiga koʻchib oʻtdi va u yerda 1973-1974-yillarda mos ravishda magistr va PhD darajalarini ham operatsiyalarni tadqiq qilish boʻyicha oldiNiklas Magnusson and Josiane Kremer, Roth, Shapley Win Nobel Economics Prize for Matching Theory", Bloomberg.com, October 15, 2012..

Stanfordni tark etgach, Roth Illinoys Urbana–Shampeyn universitetida dars berishni davom ettirdi va 1982-yilda Pittsburg universitetining Endryu V. Mellon iqtisodiyot professori boʻlish uchun uni tark etdi. Pittsburgda boʻlgan vaqtida u universitetning falsafasi fanlari markazida ilmiy xodim va Katz magistratura biznes maktabida professor sifatida ham ishlagan. 1998-yilda Roth Harvard fakultetiga qoʻshilish uchun ketdi va 2012-yilda Stanfordga qaytishga qaror qilgunga qadar u yerda qoldiAlvin E. Roth Biography Faculty and Research. Accessed on June 6, 2008Katherine Mangan, „Stanford Lures Alvin Roth and 2 Other Economists From Harvard“, The Chronicle of Higher Education, June 18, 2012.. 2013-yilda u Stanford fakultetining toʻliq aʼzosi boʻldi va Harvardda emeritus maqomini oldi.

Roth „Alfred P. Sloan“ stipendiati, „Guggenheim“ stipendiati va Amerika sanʼat va fanlar akademiyasi aʼzosidirJohn Simon Guggenheim Memorial Foundation R Fellows Page . John Simon Guggenheim Memorial Foundation. Accessed on July 6, 2008Members of the Academy of Arts & Sciences (October 2007). American Academy of Arts and Sciences. Accessed on July 6, 2008. Shuningdek, u „Milliy iqtisodiy tadqiqotlar byurosi“ (NBER) va „Ekonometrik jamiyat“ aʼzosidirFellows of the Econometric Society (March 2008). Econometric Society. Accessed on July 6, 2008Alvin E. Roth. National Bureau of Economic Research. Accessed on July 6, 2008. 2013-yilda Roth, Shapley va Devid Geyl bozor dizayni boʻyicha ishlari uchun „Oltin gʻoz“ mukofotini qoʻlga kiritdilar. Rothning hujjatlari toʻplami Dyuk universitetining „Rubenstein“ kutubxonasida saqlanadi.

Manbalar

Turkum:Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureatlari Turkum:Amerikalik iqtisodchilar