Ali Yildirim Koç (1967-yil 2-aprelda tugʻilgan) turk biznesmenidir. U Turkiyaning eng badavlat Koç oilasining uchinchi avlod aʼzosi va Rahmi Koçning kenja oʻgʻlidir. 2018-yil iyunidan 2025-yil sentabriga qadar u Fenerbahçe sport klubining [37-prezidenti boʻlgan.
Hayoti London shahridagi Harrow maktabida (1980–1985) oʻrta maktabni tugatgach, u Texas shtatining Hyuston shahridagi Rice universitetida (1985–1989) boshqaruv boʻyicha bakalavr darajasini oldi, soʻngra Garvard biznes maktabida (1995–97) MBA darajasini oldi.
Faoliyati 1990–1991-yillarda Ali Koç American Express Bankning menejment boʻyicha stajyorlik dasturida qatnashdi. 1992-yildan 1994-yilgacha u Morgan Stenleyda tahlilchi boʻlib ishladi.
1997-yilda u Koç Holdingga qoʻshildi va kompaniya doirasida turli yuqori lavozimlarni egalladi. 2006–2010-yillarda Ali Koç oilaviy guruhning korporativ aloqa va axborot boʻyicha prezidenti boʻlib ishladi.
Ali Koç Süper Liga futbol klubi Fenerbahçe boshqaruv kengashi aʼzosi boʻlgan. U Aziz Yildirim hokimiyatga kelganidan beri vitse-prezident sifatida toʻrtinchi ikki yillik muddatini oʻtagan. Koch rotariychi boʻlib, Istanbul ochiq dengiz yaxtalari klubi va Nyu-York yaxta klubi aʼzosidir. Ali Koç xalqaro notijorat rivojlanish tashkiloti boʻlgan, bozorlar rivojlanayotgan mamlakatlarda yuqori taʼsirga ega tadbirkorlarni topish va qoʻllab-quvvatlashni maqsad qilgan Endeavor Turkiya kengashi aʼzosidir.
Ali Koç 2018-yil iyun oyida Fenerbahçening 37-prezidenti etib saylandi va sobiq prezident hamda nomzod Aziz Yildirimni, uch yillik muddat uchun ovozlarning 77,6 foizini olib magʻlub etdi. 2022-yil iyun oyida u Turk klublari ittifoqi prezidenti etib saylandi. Ali Koç Buyuk Britaniya va Turkiya oʻrtasidagi savdo va investitsiyalarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Britaniya Imperiyasi ordenining faxriy komandori (CBE) unvoni bilan taqdirlangan. Ali Koç Bank of America Global maslahat kengashi, Tashqi munosabatlar kengashi qoshidagi Global maslahat kengashi va Chatham House vasiylik kengashi aʼzosidir. 2025-yil 21-sentabr kuni boʻlib oʻtgan „Fenerbahçe“ sport klubi navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida 24 732 ta ovoz berildi, shundan 24 393 tasi haqiqiy deb topildi. Unda u saylovda Sadettin Saranga yutqazdi; Saran 12 325 ovoz bilan „Fenerbahçe“ning 38-prezidenti boʻldi, Ali Koch esa 12 068 ovoz oldihttps://beinsports.com.tr/haber/fenerbahcede-baskanlik-seciminin-kesin-sonuclari-aciklandi.
Shaxsiy hayoti Ali Koç 2005-yilda Nevbahar Demirağ bilan turmush qurdi va ularning ikki nafar farzandi bor.
Manbalar
Havolalar Rasmiy veb-sayt — Koch Holdingda
Turkum:Turkiyalik tadbirkorlar