Kristina Dmitruk (2003-yil 25-sentyabrda tugʻilgan) — belaruslik professional tennischi. WTA reytingida 2025-yil iyun oyida yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 196-oʻrinni egallagan. 2021-yilda Wimbledon musobaqasining qizlar oʻrtasida juftlik bahslari chempionligini qoʻlga kiritgan.
Sport faoliyati Yoshlar Dmitruk 2021-yilgi Wimbledon chempionatida qizlar oʻrtasida juftlik bahslarida gʻolib boʻlgan. Sportchi 2021-yilgi AQSh ochiq chempionatida qizlar oʻrtasida yakkalik bahslarida finalda Robin Montgomeryga oʻyinni boy berib, ikkinchi oʻrinni olgan.
Katta dubulgʻa turnirlaridagi natijalar Yakkalik: Avstraliya ochiq chempionati: – Fransiya ochiq chempionati: ChF (2020) Wimbledon: ChF (2021) AQSh ochiq chempionati: F (2021)
Juftlik: Avstraliya ochiq chempionati: – Fransiya ochiq chempionati: ChF (2020) Wimbledon: Gʻ (2021) AQSh ochiq chempionati: ChF (2021)
Professional faoliyati Dmitruk WTA 125 turkumidagi 2023-yilgi Makarska xalqaro chempionatiga yoʻllanma olib, ikkinchi bosqichga chiqish uchun Natália Szabaninni magʻlub etgan. Ikkinchi bosqichda sportchi uchinchi raqam ostida saralangan, keyinchalik musobaqa chempioni boʻlgan Mayar Sherifga oʻyinni boy bergan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:2003-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Belaruslik ayol tennischilar Turkum:21-asr belaruslik ayol sportchilar