Adrienn Nadj (2001-yil 24-martda tugʻilgan) — vengriyalik tennischi. Onasi Virág Csurgó ham professional tennischi boʻlgan va 1996-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan.
Nadj sport faoliyati davomida WTA reytingi yakkalik yoʻnalishida 504-oʻrin (26-iyun 2023), juftlik yoʻnalishida esa 235-oʻringa (7-noyabr 2022) koʻtarilgan.
Yoshlar oʻrtasida Katta dubulgʻa oʻyinlari Yakkalik: Avstraliya ochiq chempionati: 3R (2019) Fransiya ochiq chempionati: 1R (2018, 2019) Wimbledon: 1R (2018, 2019) AQSh ochiq chempionati: 2R (2018, 2019)
Juftlik: Avstraliya ochiq chempionati: G (2019) Fransiya ochiq chempionati: YF (2019) Wimbledon: 2R (2019) AQSh ochiq chempionati: YF (2019)
Nadjning ITF oʻsmirlar reytingida egallagan eng yuqori natijasi 19-oʻrin boʻlib, ushbu natija 2019-yil 28-yanvarda qayd etilgan.
Sportchi 2018-yilgi Orange Bowl musobaqasida Park So-hyun bilan juftlik bahsida gʻolib boʻlgan. Shuningdek, u Natsumi Kawaguchi bilan juftlik bahslarida 2019-yilgi Avstraliya ochiq chempionati gʻolibligini qoʻlga kiritgan.
Manbalar
Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Vengriyalik ayol tennischilar Turkum:Budapeshtlik tennischilar Turkum:21-asr vengriyalik ayol sportchilar