Lilli Tagger (2008-yil 17-fevralda tugʻilgan) — avstriyalik tennischi. 2026-yil 21-martda yakkalik yoʻnalishida WTA reytingida faoliyatidagi eng yuqori natija — 109-oʻringa koʻtarilgan. 2025-yilgi oʻsmirlar oʻrtasida Fransiya ochiq chempionati yakkalik bahslari chempioni.

Sport faoliyati Oʻsmirlar Dastlab Lienzda istiqomat qilgan Tagger keyinchalik Italiyaning Milan shahri yaqinidagi Varese kommunasida yashay boshladi. Vareseda u Francesca Schiavone akademiyasida tennis sporti bilan shugʻullandi.

2024-yil iyul oyida Tagger Wimbledon musobaqasi qizlar oʻrtasida yakkalik bahslarida Ksenia Efremovani magʻlub etib saralash bosqichidan oʻtishga muvaffaq boʻldi.

Sportchi 2025-yilgi Avstraliya ochiq chempionatining qizlar oʻrtasida yakkalik bahslarida chorak finalga chiqish uchun Mimi Xuni yengdi. Chorak final bahsida esa avstraliyalik Emerson Jonesga oʻyinni boy berdi.

2025-yilgi Fransiya ochiq chempionatida uni qoʻllab-quvvatlovchi jamoa tarkibida Francesca Schiavone ham bor edi. Tagger qizlar oʻrtasida yakkalik bahslarida 12-raqamda saralangan sportchi Julia Stusek ustidan gʻalaba qozonib yarim finalga chiqdi. Shu tariqa, u 2006-yilda Tamira Paszek qayd etgan natijadan keyin oʻsmirlar oʻrtasida Katta dubulgʻa turnirida yarim finalga chiqqan ilk avstriyalik ayol tennischiga aylandi. Shuningdek, 2011-yilda Dominic Thiem tomonidan qayd etilgan natijadan keyin ayollar va erkaklar oʻrtasida bu marraga yetib kelgan ilk avstriyalik tennischiga aylandi. Tagger yana Emerson Jonesga qarshi oʻynab, oʻyinda gʻalaba qozondi. Soʻng finalda buyuk britaniyalik Hannah Klugmanni ham yengishga muvaffaq boʻldi. Qizlar oʻrtasida juftlik bahslarida Tagger slovakiyalik tennischi Mia Pohánková bilan birga ishtirok etib, yarim finalgacha yetib bordi. Yarim final bahsida ular germaniyalik juftlik Sonja Zhenikhova va Eva Bennemannga qarshi bahs olib bordi.

2023–2024 2023-yil noyabr oyida Tagger Sharm ash-Shayxda ilk bor ITF ayollar turniri finaliga chiqdi. U 2024-yil iyulda Italiyaning Viserba shahrida oʻtkazilgan musobaqada italiyalik tennischi Anastasia Bertacchi bilan juftlik bahsida ishtirok etib, ITF turi juftlik yoʻnalishida ilk bor chempionlikni qoʻlga kiritdi. Ular final bahsida Francesca Pace va Inès Ibbouni magʻlub etishdi.

2024-yil dekabrda u Limogesda oʻtkazilgan musobaqada ilk bor WTA 125 turniri asosiy toʻr bahsida ishtirok etdi va birinchi davrada jahonning 159-raqamli tennischisi Victoria Jiménez Kasintsevani magʻlub etdi. Soʻngra ikkinchi davrada 6-raqamda saralangan tennischi Nuriya Parrizas-Diasga magʻlub boʻldi.

Manbalar

Turkum:2008-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Avstriyalik ayol tennischilar Turkum:Lienzlik sportchilar