Begenç Ataýewiç Gündogdyýew (1976-yil 16-noyabrda tugʻilgan) — turkman harbiy xizmatchi va siyosatchi. Hozirda Sardor Berdimuhamedov rahbarligida Turkmanistonning 10-mudofaa vaziri hisoblanadi. U avval ham 2011–2015-yillarda ushbu lavozimda ishlagan va Ýaýlym Berdiýew oʻrnini egallagan.
Biografiyasi
Dastlabki faoliyati U 1976-yil noyabrda Ashxobod shahrida tugʻilgan. 1993-yil sentabrda harbiy xizmatni boshlagan va Turkmaniston Mudofaa vazirligining Harbiy institutida tahsil olib, 1997-yilda artilleriya qoʻshinlari boʻyicha qoʻmondonlik-taktik mutaxassisligi bilan tamomlagan.
2012-yilda shu institutning yuqori qoʻmondonlik malakasini oshirish fakultetini tugatgan. Shuningdek, 2012-yilda sirtdan Belarus Harbiy akademiyasini davlat va harbiy boshqaruv yoʻnalishida bitirgan.
1997–2009-yillarda Turkmaniston Qurolli Kuchlarida turli lavozimlarda xizmat qilgan.
2009-yil iyulda mudofaa vazirining oʻrinbosari va moddiy-texnik taʼminot bosh boshqarmasi rahbari etib tayinlangan. Bungacha u AQShda turkman harbiy attashesı boʻlib ishlagan.
Keyinchalik Turkmaniston Bosh shtabi boshlig‘i etib tayinlangan.
Mudofaa vaziri (1-marta) 2011-yilda mudofaa vaziri boʻlgan. Shu yil Abadandagi oʻq-dorilar ombori portlashi sabab lavozim faoliyati tanqid qilinib, polkovnik unvoniga tushirilgan.
U Turkmaniston mustaqillik kuni paradlarida qoʻshinlarni koʻzdan kechirgan va Kaspiy dengizida harbiy mashgʻulotlarni boshqargan.
2013-yil 25-yanvarda Gurbanguly Berdimuhamedow tomonidan general-mayor unvoni berilgan.
Boshqa lavozimlar 2015-yilda lavozimidan ozod etilib, dengiz kuchlari garnizoni qoʻmondoni etib tayinlangan.
2016-yilda Turkmaniston Davlat chegara xizmati boshligʻi boʻlgan. 2017-yilda Eron va Afg‘oniston bilan chegaradagi voqealar sabab unvoni pasaytirilgan.
2018-yilda yana general-mayor unvoniga koʻtarilgan.
Mudofaa vaziri (2-marta) 2018-yil 14-iyunda yana mudofaa vaziri etib tayinlangan.
2020-yilda xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagani uchun qatʼiy hayfsan olgan.
2020-yilda u Turkmaniston delegatsiyasiga boshchilik qilib, Qizil maydonda oʻtkazilgan Gʻalaba paradida qatnashgan.
2022-yil 6-aprelda Turkmaniston Davlat xavfsizlik kengashi kotibi etib ham tayinlangan.
Shaxsiy hayoti U turkman tilidan tashqari rus va ingliz tillarini ham biladi. Turmush qurgan, toʻrt farzandi bor.
Mukofotlari
Medal „Vatanga muhabbat uchun“ (2014) Turkmaniston mustaqilligining 20 yilligi yubiley medali (2011) Harbiy parad ishtirokchisi medali (2011) „Turkmaniston betarafligining 25 yilligi“ yubiley medali (2020)
Faxriy unvonlari
— „Vatan himoyachisi“
Tanbehlar
2020-yil — qatʼiy hayfsan 2022-yil — xizmatdagi kamchiliklar uchun hayfsan
Yana qarang
Turkmaniston hukumati Turkmaniston Mudofaa vazirligi Turkmaniston Qurolli Kuchlari Turkmaniston Davlat chegara xizmati
Manbalar