Berna Gözbaşı — turkiyalik ishbilarmon ayol va sport klubi rahbari. Kayserispor futbol klubining tarixidagi ilk ayol prezidenti boʻlgan. Ushbu klub Turkiyaning erkaklar oliy ligasida ishtirok etadi.

Tarjimayi holi

1974-yilda Berna Gözbaşı Gelibolu (Chanoqqalʼa viloyati, Turkiya)da tugʻilgan. Otasi harbiy xizmatchi, onasi maktab oʻqituvchisi boʻlgan.

Izmirdagi Dokuz Eylül universitetida ingliz tilida biznes boshqaruvi yoʻnalishida tahsil olib, 1996-yilda bitirgan.

Ikki nafar qizi bor.

Biznesdagfi faoliyati

Berna Gözbaşı Kayserida „Çinkır“ rux-qoʻrgʻoshin sanoati korxonasida eksport menejeri oʻlaroq faoliyatini boshlagan.

2001-yilda London metall birjasida xalqaro moliya, meta savdo, fyuchers va opsionlar boʻyicha taʼlim olgach, „BRN Konsalting va tashqi savdo“ kompaniyasiga asos solgan. 2001—2006-yillarda Yaqin Sharq, Sharqiy Afrika va Gʻarbiy Afrikada koʻplab kichik va oʻrta bizneslarga eksport faoliyatini yoʻlga qoʻyishda yordam bergan.

2006-yilda matras va yotoq asoslari ishlab chiqaruvchi „BRN Bed“ kompaniyasini tashkil etgan. Uning mahsulotlari besh qitʼadagi 60 dan ortiq mamlakatga eksport qilingan va u yosh tadbirkorlar uchun namuna sifatida eʼtirof etilgan.

2011-yilda Berna Gözbaşı Yevropa biznes mukofotlari tomonidan „Eng muvaffaqiyatli tadbirkorlar“ oʻntaligiga kiritilgan va „Ruban d'Honneur“ mukofotini olgan. 2012-yilda uning kompaniyasi Turkiya savdo-sanoat palatalari va birjalari ittifoqi hamda Harvard universitetining „All World Network — Turkey“ dasturi tomonidan eng tez rivojlanayotgan 25 kompaniya qatoriga kiritilgan.

Kayseri sanoat palatasining ilk ayol aʼzosi hisoblanadi. Sportdagi faoliyati

Yoshligida Berna Gözbaşı faol basketbolchi boʻlgan. Keyinchalik u Kayserispor futbol klubi boshqaruv kengashiga qabul qilingan va soʻngra rais oʻrinbosari lavozimiga koʻtarilgan.

Kayserispor klubi prezidenti Erol Bedir 2019-yil 6-oktabrda faxriy prezident Mehmet Özhaseki iltimosiga binoan isteʼfoga chiqqan. Shundan soʻng, uch yil davomida klub boshqaruvida ishlagan Berna Gözbaşı mahalliy siyosatchilar, sobiq hukumat aʼzolari, nodavlat tashkilotlar rahbarlari hamda M. Rifat Hisarcıklıoğlu qoʻllab-quvvatlovi bilan klub prezidenti etib saylangan.

Ushbu lavozimga tayinlanishi haqida: „agar jamoa turnir jadvalining oxirida boʻlmaganida, bu lavozim unga taklif qilinmagan boʻlardim“ deya fikr bildirgan. Shunga qaramay, 2019—2020-yilgi Süper Lig mavsumida klub ahvolini yaxshilashga qatʼiy bel bogʻlaganini bildirgan.

2019-yilda Erol Bedir isteʼfosidan soʻng oʻtkazilgan navbatdan tashqari umumiy yigʻilishda Berna Gözbaşı prezident etib saylanib, Süper Lig tarixidagi ilk ayol klub prezidenti boʻlgan. 2021-yilda yana shu lavozimga qayta saylangan.

Berna Gözbaşı — Turkiyaning oliy darajadagi erkaklar futbol ligasida ishtirok etuvchi klubga rahbarlik qilgan ilk ayol prezidentdir. Manbalar

Turkum:Geliboluda tugʻilganlar Turkum:Turkiyalik ayol ishbilarmonlar Turkum:Dokuz Eylül universiteti bitiruvchilari