Sahoba masjidi (; ) — Fransiyaning Île-de-France mintaqasida Val-de-Marne departamentidagi Créteil shahrida joylashgan masjid. Masjid rue Jean-Gabin va route de Choisyʼga olib boradigan kirish yoʻli burchagida joylashgan.
Umumiy maʼlumot Masjidning maydoni va uch qavatga boʻlingan jami qurilish maydoni ni tashkil etadi. Namoz oʻqiladigan joylarga qoʻshimcha ravishda, madaniy va hordiq chiqarish uchun moʻljallangan inshootlar, masalan, kutubxona, koʻp maqsadli xonalar, restoran-choyxona va hammom kabi joylar mavjud.
Masjid Créteil Musulmon Assotsiatsiyalari Ittifoqi tomonidan boshqariladi.
Poydevor toshi 2006-yil 4-oktyabr kuni Créteil meri oʻrinbosari Lorent Katala, Val-de-Marne prefekti, Val-de-Marne departament kengashi raisi, Créteil Bosh masjidining imomi, Créteil shahrining rim-katolik yepiskopi va Créteil shahrining ravvini ishtirokida qoʻyilgan. Masjid 2008-yil 3-dekabr kuni oʻz eshiklarini ochgan.
3 million yevro xayriya mablagʻlari va Créteil kommunasi tomonidan uning Madaniyat boʻlimi orqali ajratilgan 1 million yevro hisobiga moliyalashtirilgan masjidning dastlabki qiymati 4 million yevrodeb baholangan edi. Masjid qurib bitkazilgunga qadar taxminan sarflangan.
Yana qarang
Fransiyada Islom Fransiyadagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:Fransiyadagi masjidlar Turkum:21-asr masjidlari