Asmera katta masjidi; shuningdek Al-Kulafa ar-Rashidan, Al-Kulafa ar-Rashidin, Al-Kuaka ar-Rashidin yoki Al-Xulafa ar-Rashiudin nomlari bilan ham tanilgan (); Eritreya poytaxti Asmeraning markazida joylashgan masjid. Bu shaharni bezab turgan uchta asosiy inshootdan biri hisoblanadi; qolgan ikkitasi Ruzariyaning Hazrati Maryam cherkovi va Enda Mariam koptik soboridir. Guido Ferrazza tomonidan loyihalashtirilgan bu masjid 1938-yilda mahalliy aholining qariyb yarmi musulmonlar boʻlganligi sababli ularni hayratga solish maqsadida Benito Mussolini tashabbusi bilan qurilgan. Arabcha al-Xulafā’ ar-Rāshidīn iborasi „toʻgʻri yoʻldan boruvchilar“ degan maʼnoni anglatishi mumkin.
Masjid 2017-yilda YuNYeSKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan ilk modernistik shahar boʻlgan Asmera shahri ichida joylashgan.
Umumiy maʼlumot 1936-yilda qurib bitkazilgan ulkan masjid majmuasi ratsional, klassik va islomiy uslublarning uygʻunlashuvidir. Masjidning ichki qismi faqat musulmonlar uchun ochiq, bosh eshik orqali esa barcha din vakillariga kirishga ruxsat etiladi.
Meʼmorchilik Masjid Guido Ferrazza tomonidan ratsionalistik, neoklassik va islomiy meʼmoriy uslublar sintezi tarzida loyihalashtirilgan. Uning oxirida joylashgan, yivli va rimcha uslubdagi minorani shaharni barcha qismlaridan koʻrish mumkin. Unda ikki taglik va italyan rokoko yoki soʻnggi barokko uslubidagi ikki balkon bor. Minoradan pastroqda, masjidning fasadi uch qismga boʻlingan neoklassik lojyaga (tashqi galereyalarga) ega. Bino qoʻshaloq ustunlari Dekemxare travertinidan ishlangan va Karra marmaridan tayyorlangan kapitel bilan jihozlangan. Boshqa xususiyatlari qatorida islomiy gumbaz va kamarlar mavjud. Masjidning mehrobi Karra marmaridan ishlangan. Shu kon marmaridan masjidning boshqa qismlarida ham foydalanilgan. Oldingi sahn geometrik naqsh bilan terilgan qora tosh plitalar bilan qoplangan.
Yana qarang
Eritreyada Islom Eritreyadagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:Eritreyadagi masjidlar Turkum:18-asr masjidlari