Duvlat — Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi qishloq aholi punkti. U Duvlat mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashganQorayev S. Oʻzbekiston toponimlari. 2006..
Etimologiyasi Qishloq nomi baʼzan Dugʻlat shaklida ham talaffuz qilinadi. Bu nom qadimiy turkiy qabilalardan biri — dugʻlat (duvlat) qabilasi nomi bilan bogʻliq deb qaraladi.
Tarixiy manbalarga koʻra, dugʻlatlar XIII asrda Chigʻatoy ulusining sharqiy hududlarida yashagan yirik qabilalardan biri bo‘lgan. Ular Sharqiy Turkiston, Issiqko‘lning janubiy hududlari hamda Fargʻona vodiysining shimoliy tumanlarida ko‘chmanchi hayot tarzida yashagan. Asosiy mashg‘ulotlari chorvachilik bo‘lgan.
Dugʻlat qabilasi vakillari tarixda ham muhim oʻrin tutgan. Jumladan, Zahiriddin Muhammad Boburning onasi Qutlugʻ Nigorxonim ham dugʻlat urugʻidan bo‘lgan. Shuningdek, Tarixi Rashidiy asarining muallifi Mirza Muhammad Haydar Dugʻlat ham ushbu qabila vakili hisoblanadi
XV–XVI asrlar davomida dugʻlat qabilasi bir necha guruhlarga boʻlinib ketgan. Hozirgi davrda dugʻlatlar o‘zbek, qozoq va qirg‘iz xalqlari tarkibiga singib ketgan.
Tadqiqotlarga ko‘ra, mazkur qishloqda qirgʻizlarning manaq urug‘iga mansub dugʻlat tarmog‘i vakillari ham yashaydi. Qozoqlarda ham dugʻlat nomli yirik qabila ittifoqi mavjudQorayev S. Oʻzbekiston toponimlari. 2006..
Manbalar
Turkum:Baxmal tumani aholi punktlari