Nadia Ghulam Dastgir (; 1985-yil 4-iyun, Kobul, Afgʻoniston Demokratik Respublikasi) — Tolibonning ayollarga nisbatan tazyiqi tufayli oʻn yil davomida oʻzini vafot etgan akasi oʻrnida erkak qilib koʻrsatib yurgan afgʻon ayoliLola Galán, «Mi vida como un hombre» .. Nadianing Agnès Rotger bilan birgalikda yozgan va 2010-yilda nashr etilgan oʻzining hayoti haqidagi „El secret del meu turbant“ („Sallamning siri“) kitobi badiiy adabiyot uchun beriladigan Prudenci Bertrana mukofotiga sazovor boʻlgan.
Tarjimayi holi Nadia 1985-yil 4-iyunda Kobulda tugʻilgan. 1993-yilda uyining bir qismi bomba tufayli vayronaga aylangan. Shundan keyin ikki yil davomida turli shifoxonalarda portlash paytida olgan jarohatlarini davolagan. Nadia 11 yoshga toʻlganida Tolibon Kobulni oʻz nazorati ostiga oladi, shu sababdan Nadia onasi bilan birga oʻzini oʻgʻil bola sifatida koʻrsatishga qaror qiladi, buning uchun bomba tufayli halok boʻlgan akasi Zelmaining shaxsini oʻzlashtirga toʻgʻri kelgan, shundan soʻng Nadia uydan xotirjam chiqib, oilasini boqish uchun ishlay boshlagan, chunki otasi ruhiy kasallikdan aziyat chekib, oilani moddiy taʼminlay olmaganRobert Parsons, «Being a man was 'the only way to survive' under the Taliban» , France 24.. Oʻgʻil bola boʻlib, Qur’onni oʻrgangan va masjidda yordamchi boʻlgan, 16 yoshida esa Nadiaga oʻqishni davom ettirishga ruxsat berilgan. XXI asr boshlarida Afgʻonistonda yangi urush boshlanishi bilan Nadianing taqdiri ommaga maʼlum boʻlgan va 2003-yildagi „Osama“ filmining suratga olinishiga sabab boʻlgan. 2006-yilda Kobuldagi „Associació per als Drets Humans a l’Afghanistan“ („Afgʻonistondagi inson huquqlari assotsiatsiyasi“) xalqaro nodavlat tashkiloti Nadiaga Kataloniyaga koʻchib oʻtishga yordam berishgan va oʻsha yerda yuziga rekonstruktiv jarrohlik operatsiyasini qildirgan. Agnès Rotger bilan birga Nadia badiiy adabiyot uchun Prudenci Bertrana mukofotiga sazovor boʻlgan „El secret del meu turbant“ („Sallamning siri“) kitobini 2010-yilda chop etgan. 2014-yilda Joan Soler i Amigó bilan birgalikda Mención Especial Mare Terra mukofotiga sazovor boʻlgan „Contes que em van curar“ („Meni davolagan ertaklar“) va 2016-yilda Javier Diéguez bilan birgalikda „La Primera estrella de la noche“ („Tundagi birinchi yulduz“) kitoblarini nashr qilishgan. 2016-yilda ijtimoiy taʼlim yoʻnalishida bakalavr va 2019-yilda xalqaro rivojlanish yoʻnalishida magistr darajasini olgan. Yana Carles Fernández Giua tomonidan uning hayoti asosida suratga olingan „Nadia“ dramatik hujjatli filmida ham suratga tushgan. 2016-yilda Nadia „Ponts per la pau“ („Tinchlik uchun koʻpriklar“) nodavlat tashkilotiga asos solgan, tashkilot Kataloniyaga koʻchib oʻtgan muhojirlar uchun til kurslarini oʻrgatishga hamda Afgʻonistondagi maktab oʻquvchilariga oʻqish uchun oʻquv materiallar bilan yordam beradiAugusto Magaña, «'S’ha de donar eines als immigrants perquè puguin millorar els seus països'» , L’Independent de Badalona.. 2021-yilda Nadia Tolibonning yana hokimiyatga qayitb kelishi oqibatida afgʻonlarni evakuatsiya qilish ustida ishlagan.
Manbalar
Turkum:Kobulda tugʻilganlar Turkum:Afgʻoniston ayollari