Ayna Mahmud qizi Sultanova (189-yilda tugʻilgan – 1938-yilda vafot etgan) – ozarbayjonlik kommunistik partiya faoli va davlat arbobi. Ilk ozarbayjonlik ayol inqilobchilardan biri boʻlib, 1938-yilda Ozarbayjonda vazirlar mahkamasiga kirgan birinchi ayol vazir boʻlgan.

Ayna Sultanova „Shark gadyne“ („Sharq ayoli“) nomli ayollar jurnalining birinchi muharriri boʻlgan. Ozarbayjon va Zakavkazye partiya tashkilotlarida turli partiya lavozimlarida faoliyat yuritgan. U Markaziy Qoʻmita , Markaziy Nazorat Komissiyasi Prezidiumi hamda Ozarbayjon Kommunistik partiyasining Boku qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.

Hayoti va faoliyati Ayna Sultanova (qizlik familiyasi Musabeyova) 1895-yilda Rossiya imperiyasining Boku guberniyasi Kuba uyezdi Pirəbədil qishlogʻida (hozirgi Shabron shahridan 15 kilometr sharqda) dunyoga kelgan. U keyinchalik bolshevik inqilobchisi boʻlgan va respublikaning eng yuqori boshqaruv organi hisoblangan Ozarbayjon Xalq Komissarlari Kengashi raisi lavozimini egallagan Gazanfar Musabekovning singlisi edi. Uning Yaxshi ismli opasi ham boʻlib, otasi keyinchalik ularni birgalikda Boku shahriga oʻqishga yuborgan edi.

1912-yilda Sultanova Bokudagi Avliyo Nino gimnaziyasini tugatib, keyinroq qisqa muddat shu maktabda dars ham bergan. 1917-yilda Ayna Sultanova bolsheviklar gʻoyalariga qiziqa boshlaganMəhərrəm Zülfüqarlı. „Sovet dövrünün heykəlləri: Ayna Mahmud qızı Sultanova“ // 525-ci qəzet. – 15 April 2009. va 1918-yilda Rossiya Kommunistik partiyasiga (keyinchalik Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasiga aylangan) aʼzo boʻlganMamedov S. Stranitsi jizni. – B.: Ishig, 1973. – S. 47. – 116 s.. 1919-yilda u Astraxanga koʻchib oʻtgan, soʻngra Moskvaga borib, Rossiya Tashqi ishlar xalq komissarligining Yaqin Sharq byurosida faoliyat olib borgan. 1920-yilda Sultanova allaqachon sovetlashtirilgan Ozarbayjonga qaytib kelgan va 1930-yilgacha ayollar masalalariga oid turli maʼmuriy lavozimlarda xizmat qilganKollektivizatsiya selskogo xozyaystva v Azerbaydjane / Pod red. Dj. B. Kulieva. – B.: Elm, 1982. – T. I. – S. 296. – 321 s.. 1923-yilda u ayollarni ozod etishga qaratilgan kommunistik jurnal „Sharg gadini“ning bosh muharriri ham boʻlgan.

1937–1938-yillarda Ayna Sultanova Maorif xalq komissari oʻrinbosari, soʻngra Adliya xalq komissari lavozimlarida faoliyat yuritgan. Shuningdek, u Qizil professorlar institutida ham tahsil olgan. Sovet davlati oldidagi xizmatlari uchun Sultanova „Mehnat Qizil Bayroq ordeni“ bilan taqdirlanganJamil Guliyev (ed.). Sultanova Aјna Maһmud gizi. Azerbaijani Soviet Encyclopædia, v. 9. 1986..

Ayna Sultanova Naxichevan Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Xalq Komissarlari Kengashi raisi Hamid Sultanovga turmushga chiqqan. 1938-yilda Katta qirgʻin toʻlqini davrida ularning ikkalasi ham Ayna Sultanovaning akasi Gʻazanfar Musabekov bilan birga aksilinqilobiy ayblovlar bilan hibsga olingan va oradan koʻp oʻtmay, otib tashlash yoʻli bilan qatl etilgan.

Ganja shahridagi koʻchalardan biriga Ayna Sultanovaning nomi berilgan, Bokuda esa unga bagʻishlab yodgorlik oʻrnatilgan.

Manbalar

Turkum:1895-yilda tugʻilganlar Turkum:1938-yilda vafot etganlar Turkum:Ozarbayjon kommunistlari Turkum:Ozarbayjon inqilobchilari Turkum:Ozarbayjon bosh prokurorlari Turkum:Qatl etilgan siyosatchilar Turkum:Ozarbayjondan Katta qirgʻin qurbonlari Turkum:Ozarbayjon feminizmi vakillari Turkum:Ayol inqilobchilar Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari