Atike Sulton (; 1712-yil 29-fevral – 1737-yil 2-aprel) – Usmoniylar malikasi, Usmoniylar imperiyasi sultoni Ahmad III ning qizi, sulton Mustafo III va Abdulhamid I ning opasi.

Hayoti Tugʻilishi Atike Sulton 29-fevralda Topkapı saroyida tugʻilgan. Usmoniylar imperiyasi sultoni Ahmad III ning qizi .

Nikohi 1724-yil 6-yanvarda otasi uni Bosh vazir Nevşehirlik Damat Ibrohim posho va uning birinchi xotinidan boʻlgan oʻgʻli Mehmed poshoga unashtirgan. 1724-yil 21-fevral kuni Mehmed posho tomonidan taqdim etilgan unashtiruv sovgʻalari Bosh vazir saroyidan Imperiya saroyiga olib kelingan va nikoh oʻsha kunning oʻzida tuzilgan. Xuddi shu kuni uning opalari Ummugulsum Sulton va Hadicha Sulton ham turmushga chiqqan. Oʻn kun oʻtib, 13-martda Atikening sep-sarposi, 16-martda esa Atike Sultonning oʻzi Divanyolu koʻchasida joylashgan Cağaloğlu saroyidagi oʻz saroyiga Topkapı saroyidan koʻchirilgan. Atike Sulton va Mehmed posho bir oʻgʻil koʻrgan.

Xayriya 1728–1729-yillarda Atikening otasi uning nomidan Üsküdarda bir favvora qurdirgan.

Vafoti Atike Sulton 1737-yil 2-aprelda Cağaloğlu saroyida vafot etgan va Istanbuldagi Yangi masjidga dafn etilgan.

Nasabi

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1712-yilda tugʻilganlar Turkum:1738-yilda vafot etganlar Turkum:18-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari Turkum:Ahmad III ning qizlari