Hund Shahzoda (; 1422-yilda tugʻilgan – 1455-yil iyulda vafot etgan), shuningdek, Fotma Shahzoda Xotun va Xavand Shahzada nomi bilan tanilgan Usmoniylar malikasi, taxtga daʼvogar Sulaymon Chelebiyning nabirasi va Usmoniylar imperiyasining sultoni Boyazid I ning () chevarasi. Burjiylar sulolasining Misr sultonlari Barsbayga, soʻngra Sayfiddin Jaqmaqqa turmushga chiqqan.
Yoshligi Fotma Shahzoda Xotun 1422-yilda tugʻilgan. U Oʻrxon Chelebiyning qizi boʻlib, Oʻrxon Sulaymon Chelebiyning oʻgʻli edi. Sulaymon esa oʻz navbatida sulton Boyazid I ning oʻgʻli boʻlgan. Fotma Shahzodaning Oʻrxon va Mehmed ismli ikki akasi, Malak ismli opasi, Sulaymon (1423–1437) ismli ukasi boʻlgan.
1433-yilda Shahzoda va uning ukasi Sulaymon Qohirada panoh topgan. Mamluk sultoni Barsbay ularga saxiylik bilan munosabatda boʻlib, uning amakivachchasi Murod II ning ularni topshirish haqidagi iltimoslarini rad etgan.
Birinchi nikohi 1436-yilda Karamanoğlu Ibrohim bey Dulqodir bekligiga hujum qildi hamda bahsli Qayseri shahri hamda uning atrofidagi boshqa qal’alarni egallab oldi. Biroq 1436-yil dekabrida Usmoniylar yordami bilan Dulqodiriylar Qayserini hamda uning atrofidagi qishloq hududlarini Karamanoğullarıdan qaytarib oldi. 1437-yil mart oyida bu xabarni olgach, Barsbay maslahat kengashini yigʻdi va Suriya hokimlarini Ibrohim beyga yordamga yuborishga qaror qildi. Biroq inqiroz keskinlashib, harbiy toʻqnashuvga aylanib ketishidan oldin Usmoniylar va Mamluk sultonlari oradan ikki oy oʻtib, may oyida kelishmovchiliklarni bartaraf etdi. Tinchlik bitimi tuzilib, ushbu sulhni Barsbayning Shahzoda Xotunga uylanishi bilan mustahkamlandi.
Ikkinchi nikohi Barsbay 1438-yilda vafot etgach, uning vorisi sulton Sayfiddin Jaqmaq Usmoniylar bilan yaxshi munosabatlarni mustahkamlash maqsadida Shahzodaga uylandi. 1447-yil 5-yanvarda u Jaqmaq bilan nikoh chogʻida olgan mahr bilan haj safarini amalga oshirgan.
Ularning toʻrt nafar oʻgʻli boʻlgan. Oʻgillarining barchasi 1449-yil 26-mart kuni Qohirada vabo kasalligidan vafot etgan. Eng kattasining ismi Ahmad boʻlib, oʻsha paytda 7 yoshda boʻlgan. Jaqmaq 1450-yil 25-dekabrda Hund Shahzodani taloq qilgan.
Uchinchi nikohi Jaqmaq Shahzodani taloq qilganidan soʻng, Shahzoda al-Javdariyya mavzesidagi bir uyga joylashgan va Sahib-al-Hujjab Barsbay Bujashiyga turmushga chiqqan.
Vafoti Hund Shahzoda 1455-yil iyulda Qohirada vafot etgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1422-yilda tugʻilganlar Turkum:1455-yilda vafot etganlar Turkum:15-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari