Vladimir Petrovich Brukhti (; 11-iyun 1945, Boku – 16-iyul 2004, Boku) – sovet futbolchisi, himoyachi. SSSR sport ustasi.

Faoliyati Vladimir Brukhti 1963-yildan 1972-yilgacha Bokuning „Neftchi“ klubida toʻp surgan. Jamoa safida jami 258 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan. 1966-yilgi mavsumda „Neftchi“ tarkibida SSSR chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritgan. Keyingi mavsumda esa SSSRning 33 nafar eng yaxshi futbolchisi roʻyxatiga kiritilgan.

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Brukhti Ozarbayjon yoshlar terma jamoalarida murabbiylik qilgan. 1990-yillarning boshlarida Ukrainaning „Vorskla Poltava“ va „Krivbas“ klublariga boshchilik qilgan. Umrining soʻnggi yillarida Ozarbayjon davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasida dars bergan.

Bokudagi Sabunchu qabristoniga dafn etilgan.

Yutuqlari SSSR chempionati bronza mukofoti sovrindori: 1966 SSSRda mavsumning eng yaxshi 33 nafar futbolchisi roʻyxatida: 1967

Manbalar

Havolalar FootballFacts.ru saytidagi profili

Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Bokulik futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Ozarbayjonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Neftçi Boku klubi futbolchilari Turkum:SSSR Oliy ligasi futbolchilari Turkum:Ozarbayjonlik futbol murabbiylar Turkum:SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustalari