Azer Mahmud oʻgʻli Aliyev (; 1986-yil 6-iyunda, Moskvada tugʻilgan) – ozarbayjonlik ogʻir atletikachi, 2021-yil 16-dekabrdan Ozarbayjon Milliy olimpiya qoʻmitasining amaldagi bosh kotibiAzər Əliyev Milli Olimpiya Komitəsinin baş katibi SEÇİLDİ.

Yevropa Olimpiya qoʻmitasi aʼzosiPlemyannik prezidenta Azer Aliev poluchil doljnost v Yevropeyskom olimpiyskom komitete, Ozarbayjon ogʻir atletika federatsiyasining vitse-prezidenti (2016-yildan), Rossiya Federatsiyasi va Ozarbayjon Respublikasi sport ustasi. Ozarbayjon prezidenti Haydar Aliyevning nabirasi, prezident Ilhom Aliyevning jiyani.

Tarjimai hol Azer Aliyev 1986-yilda Moskvada Ozarbayjon SSR KGB xodimi Mahmud Mamadquliyev va bastakor Sevil Aliyeva oilasida tugʻilgan. Azer taniqli bobosi sharafiga otasining emas, onasining familiyasini olgan.

1998-yilda akasi, singlisi va onasi bilan Londonga koʻchib oʻtgan. Sevilning farzandlari oʻsha yerda oʻrta va oliy maʼlumot olganlar.

Keyinchalik, oʻqishni tamomlagach, Azer va uning akasi Giraf turli musobaqalarda oʻz vatanlari sharafini himoya qilib, professional sport bilan shugʻullana boshlaganlar. 2008—2014-yillarda Azer pauerlifting boʻyicha jahon, Yevropa va Yevroosiyo chempionatlari sovrindori boʻlgan. 2016-yil 6-iyunda Ozarbayjon ogʻir atletika federatsiyasi vitse-prezidenti etib saylangan. Soʻngra Ozarbayjon Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibining oʻrinbosari lavozimida ishlagan va 2021-yil dekabr oyida oʻzi bosh kotib etib saylangan.

Ozarbayjon, ingliz va rus tillarida soʻzlasha oladi.

Shajara

Manbalar

Havolalar

Turkum:Aliyevlar (Ozarbayjon) Turkum:Ozarbayjon sportchilari Turkum:Rossiya sport ustalari Turkum:Yangi Ozarbayjon partiyasi aʼzolari